Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Ноябрь
2018

Tadbirkor sug‘urta kompaniyasini shartnomadagi majburiyatni bajarmayotganlikda ayblamoqda

0
Tadbirkor sug‘urta kompaniyasini shartnomadagi majburiyatni bajarmayotganlikda ayblamoqda

Samarqandlik tadbirkor Laziz Qosimov joriy yil yozda ishga tushirgan issiqxonasi qoplamasini 1 sentabr kungi kuchli shamol uchirib yubordi.

Qosimov issiqxonani “Hamkorbank”dan 350 million so‘m kredit olib Pastdarg‘om tumanida sotib olgan edi.

“Agro Eco Invest Export” MChJsi rahbari Laziz Qosimov kredit olish jarayonida issiqxonasini garovga qo‘ygan¸ garovga qo‘yilgan mulk esa¸ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasining Samarqand filialida uch yilga sug‘urta qilingan.

Sug‘urta haqdagi shartnomada “ALSKOM”  issiqxonaga tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini olganiga qaramay¸ sug‘urtachi mulkiga shamol yetkazgan ziyonni qoplashdan bosh tortmoqda.

“ALSKOM” shirkatining Samarqand filiali rasmiylari¸ Ozodlik savolini eshitib¸ go‘shakni ilib qo‘ydi.

Sug‘urta shartnomasi

Laziz Qosimovning Ozodlikka aytishicha¸ joriy yil yozida “yangicha issiqxona uslubida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va ularni chet davlatlarga eksport qilish niyatida Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida ishlab turgan issiqxonani xarid qilib, uni  innovatsion usulga o‘tkazgan va “Agro Eco Invest Export” MChJ tashkil etib faoliyat boshlagan.

Issiqxonani modernizatsiya qilish uchun lozim xarajatlarni qoplash maqsadida tadbirkor “Xamkorbank”ning Bog‘ishamol filialidan issiqxonasini garovga quyib¸ 350 million so‘m kredit olgan.

“Garovga qo‘yish vaqtida men AJ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasining Samarqand filiali Bog‘ishamol bo‘linmasida garovga quyilgan mol- mulkimni 2018 yil 9 iyuldan 2021 yil 12 iyulga qadar turli xil xavf-xatarlardan sug‘urtalab¸ sug‘urta polisini olgan edim”¸ deydi Ozodlik bilan 12 noyabr kuni gaplashgan tadbirkor.

Tadbirkorga ko‘ra¸ tomonlar o‘rtasida tuzilgan 9-2/2-2/0051-sonli shartnomaning 3.1. bandida “ALSKOM” sug‘urta hodisalariga dovul, bo‘ron, to‘fon, tayfun, shtorm va quyun va hokazolardan ob’ektga zarar yetkazilish sababli garovga qo‘yuvchiga zararni qoplab berish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan. 

Shamolga dosh berolmagan shartnoma

“Agro Eco Invest Export” MChJsiga qarashli issiqxonada qishki pomidor va bodring yetishtirilayotgan bir paytda¸ 2018 yilning 1 sentabrida yuz bergan kuchli shamol issiqxona qoplanmasini yirtib tashlagan¸ ekilgan nihollarni payhon qilgan.

Tadbirkor Qosimov¸ tabiiy ofatning issiqxona ustini vayron qilgani aks etgan videoyozuv bilan birga “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasining Samarqand filiali Bog‘ishamol bo‘linmasiga 1 sentabrning o‘zidayoq murojaat qilgan.

Baholash kompaniyasi shamol oqibatida issiqxona qoplamasiga yetkazilgan zarar miqdori bozor narxida 50 669 545 so‘mni tashkil etishi haqida akt tuzgan va bu hujjat sug‘urta shirkatiga zararni qoplash uchun taqdim etilgan.

- Biroq, yozgan arizam bo‘yicha sug‘urta kompaniyasidan birorta ham vakil kelmadi va shu haqda tegishli hujjatlar rasmiylashtirmaganligi sababli, ularning ofislariga bir necha marotoba borganimdan so‘ng, ular menga asossiz vajlarni keltirib, tovon puli to‘lab berish rad etilishi haqida 2018 yil 18 oktabrda javob xati yubordi¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda Qosimov.

“ALSKOM” bosh direktori o‘rinbosari F.Hasanov tomonidan Qosimovga yuborilgan raddiya xatida¸ 1 sentabr kungi shamol tezligi Gidrometereologiya xizmati tomonidan sekundiga 11 m deb qayd qilingani va sug‘urta shirkati faqat tezligi sekundiga 16.6 m dan kam bo‘lgan shamoldan yetkazilgan zararni qoplamasligi aytilgan.

​Bir-biriga ulangan zanjir muammolar

“Agro Eco Invest Export” MChJsi rahbari Laziz Qosimovga ko‘ra¸ sug‘urta shirkatining shartnomada zimmasiga olgan majburiyatni bajarishdan bo‘yin tovlashi¸ tadbirkor va uning oilasi tabiiy ofat natijasida tushib qolgan vaziyatni yanada yomonlashtirgan.

- Men, oila a’zolarim bilan butun pul mablag‘larimni jamlab tadbirkorlik faoliyatini qonun hujjatlariga rioya etgan holda endigina oyoqqa turib, barcha xavf-xatarlardan oldindan sug‘urtalanib, tijorat binkidan 350 mln kredit olib, endigina foyda olish maqsadida ish boshlaganimda tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zararni undirishdan bosh tortishi meni bankrot holatiga olib kelib, bankdan olingan kredit pullarni o‘z vaqtida to‘lay olmasligimga va xonavayron bo‘lishimga sabab bo‘lmoqda¸ deydi Ozodlikka murojaat qilgan samarqandlik tadbirkor.

Sug‘urtachilar “futboli”

12 noyabr kuni Ozodlik muxbiri Laziz Qosimov shikoyatiga munosabat bildirishni so‘rab¸ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasining Samarqand filialiga qo‘ng‘iroq qildi.

Birinchi ulanishda go‘shakni ko‘targan yigit¸ bu masalada gapirishga vakolatli hamkasbini chaqirib berishni bildirdi. Ammo bu xodim kimnidir “Lazizning ishi bo‘yicha Ozodlikdan telefon qilishayapti”¸ deb chaqirishidan sanoqli sekundlar o‘tib-o‘tmay¸ go‘shak ilib qo‘yildi.

Ikkinchi marta ayni nomerga bog‘langanimizdan so‘ng¸ “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasining Samarqand filiali boshqa bir xodimi¸ savolni eshitib¸ go‘shakni ilib qo‘ydi.

Uchinchi marta bog‘langanda go‘shakni ko‘targan sug‘urta xodimi¸ ish soati tugagani bois (mahalliy vaqt bilan soat 18:10) savollarga javob berilmasligini bildirdi va bu kabi savollarga faqat kompaniyaning bosh ofisigina javob berishga vakolatli ekanini qo‘shimcha qildi.

“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi matbuot xizmati va rais qabulxonasiga Toshkent vaqti bilan soat 6 dan keyin qilingan qo‘ng‘roqlarga hech kim javob bermadi.

Rasmiy saytida ustav fondi 15¸1 milliard so‘mni tashkil etishi aytilgan “ALSKOM” AJsi aksionerlari O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning takibiga kiruvchi korxonalar¸ shuningdek¸ O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklari (xususan¸ Qosimovga 350 million so‘mlik kredit bergan “Hamkorbank) va offshorda ro‘yxatga olingan¸ asl egasi yashirin shirkatlardir.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: к 2030 году на долю Москвы придется 35–40% туристов в России


Спорт в России и мире
Москва

ЭСК указала на ошибки главного арбитра дерби ЦСКА — «Спартак» Казарцева


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Даниил Медведев

Медведев обыграл Бублика и вышел в четвертьфинал "Мастерса" в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

В 2024 году исполняется 140 лет созданию в Москве первой общедоступной публичной бесплатной библиотеки





Путин в России и мире
Москва

Президент России Владимир Путин подтвердил проведение XVI Международного военно-музыкального фестиваля «Спасская башня»


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко заявил о желании построить в Белоруссии вторую АЭС




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Цинизм зашкалил: Елена Зеленская повеселилась в Киеве с герцогиней Эдинбургской


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Led Zeppelin

Роберт Плант (Robert Plant) работает над новой версией классической песни Led Zeppelin



Москва

WSJ: Россия не будет вторгаться в какую-либо страну НАТО

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net