Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Ноябрь
2018

Talabalarni galstuksiz kelgani uchun urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi (VIDEO)

0
Talabalarni galstuksiz kelgani uchun urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi (VIDEO)

13 noyabr kuni Buxoro muhandislik texnologiya instituti o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi.

Institut mas’ullariga ko‘ra, 59 yashar Ramazon Muhiddinovning ishdan bo‘shatilishiga uning talabalarni kaltaklayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketishi sabab bo‘lgan.

 

Ikki kundirki, buxorolik talabalarning kaltaklanishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

27 sekundlik videoda katta yoshlardagi bir erkak o‘ndan ziyod yigitni sinf xonasida doska oldiga qator qilib qo‘yib, ularni birma-bir urayotgani aks etgan. Erkak birinchi yigitning qorniga musht tushiradi, boshqa yigitlarning yuziga mushtlaydi. Erkak har bir yigitga avval musht tushiradi, keyin uni “Kozyol” deya haqoratlaydi. Ba’zi yigitlar ikkitadan musht yeydi.

Ozodlik ushbu voqea joriy yilning 6 mart kuni Buxoro muhandislik texnologiya institutida sodir bo‘lgani va videoda kaltak yegan yigitlar oliygohning birinchi kurs talabalari ekanini aniqladi.

Institut talabalaridan biriga ko‘ra, kaltaklash voqeasi o‘sha kursdagi talabalardan biri tomonidan mobil telefoniga tasvirga olingan va oradan 8 oy o‘tib, 12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Ismini ochiqlashdan xavfsiragan talaba yigit talabalarning kaltaklanishi sababini aytdi:

“O‘sha kuni 1-kurs talabalari institutga galstuk taqib kelmagani uchun kaltaklangan”.

Institut rektori yordamchisi Asrorbek Ashurovning Ozodlikka aytishicha, oliygoh talabalarining kaltaklanishi voqeasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, institutda ishchi guruh tuzilib, voqea tafsilotlari o‘rganilgan.

Ishchi guruh videoda talabalarni kaltaklayotgan erkak - Elektronika va ishlab chiqarish axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fakultetining Oliy matematika kafedrasi dotsenti Ramazon Muhiddinov ekanini aniqlagan va u ishdan bo‘shatilgan.

Asrorbek Ashurovga ko‘ra, oliygohda uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan 59 yashar Ramazon Muhiddinov kaltaklash voqeasi oshkor bo‘lgach, o‘z xohishiga ko‘ra, ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan.

“Video tarmoqlarda tarqalganining ertasiga, ya’ni bugun - 13 noyabr kuni Muhiddinov o‘zi xohishiga ko‘ra, ishdan bo‘shab ketdi”, dedi Ashurov.

Ozodlik Ramazon Muhiddinov bilan bog‘lana olmadi.

Rektor yordamchisi Asrorbek Ashurovning aytishicha, oliygoh talabalari tomonidan shu paytgacha o‘qituvchilar zo‘ravonligi haqida birorta ham shikoyat tushmagan.

“Bizning institutdagi ta’lim berish jarayoni xuddi shu videodagi kabi  degan taassurot bo‘lmasligi kerak. Aslida institutimizda bu ilk holat. Muhiddinov o‘sha kuni asabiy holda bo‘lgan bo‘lsa kerak, shu voqea sodir bo‘lgan. Bu yaxshi emas albatta. Bu voqea institut nomiga dog‘ tushirdi. Institut professor-o‘qituvchilariga nisbatan, ta’lim jarayoniga nisbatan salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Biroq biz bu kabi voqea boshqa takrorlanmasligini kafolatlaymiz”, dedi Asrorbek Ashurov.

Institut o‘qituvchilaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, kaltaklash voqeasidan so‘ng oliygohdagi o‘qituvchilar orasida tushuntirish ishlari o‘tkazilib, talabalarga zo‘ravonlik qilish holatlariga chek qo‘yish borasida gapirilgan.

O‘zbekistonda ta’lim jarayonidagi mushtumzo‘r o‘qituvchilar ustidan shikoyatlar uchrab turadi. 

Ikki hafta avval o‘z o‘quvchilarini qatorasiga terib, haqoratli so‘zlar bilan birma-bir do‘pposlagan Namangan Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji​ ​o‘qituvchisi Farhod Karimov ishdan bo‘shatildi.

O‘tgan oy Toshkent shahar, Chilonzor tumani militsiyasi poytaxtdagi 164-sonli maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi 1-sinf o‘quvchisini kaltaklagani yuzasidan tergov boshlagandi. 

Sentabr oyida Xorazm viloyat, Bog‘ot tuman prokuraturasi Olimpiada milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 36 yashar murabbiysi shu maktabning 5- sinf o‘quvchisini dars paytida kaltaklagani voqeasini o‘rganishni boshladi. Bolaning yaqinlari Ozodlikka 5- sinf o‘quvchisi 20 sentabr kuni kaltaklangani ortidan komaga tushganini aytishgandi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин сообщил о масштабных планах благоустройства территорий школ и детсадов


Спорт в России и мире
Москва

Личка — о самой дорогой покупке в Москве: два дня назад решил купить самокат за 60 тысяч рублей


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Елена Рыбакина

Рыбакина узнала неприятную новость перед "казахстанским дерби"


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

В 2024 году исполняется 140 лет созданию в Москве первой общедоступной публичной бесплатной библиотеки





Путин в России и мире
Москва

Собянин: к 2030 году на долю Москвы придется 35–40% туристов в России


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

«Набей им морду, покажи им, что ты настоящий белорус». Лукашенко о поездке спортсменов на Олимпиаду




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Цинизм зашкалил: Елена Зеленская повеселилась в Киеве с герцогиней Эдинбургской


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Шапка

Шапки женские на Wildberries — скидки от 398 руб. (на новые оттенки)



Москва

Синоптики спрогнозировали облачную погоду и до плюс 19 градусов в Москве 1 мая

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net