Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Ноябрь
2018

Mahbusning onasi: O‘g‘lim qiynoqqa chiday olmay, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

0
Mahbusning onasi: O‘g‘lim qiynoqqa chiday olmay, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Navoiy shahridagi 46-sonli tergov izolyatorida firibgarlikda gumonlanib ushlab turilgan mahbus, yaqinlarining iddaosicha, qiynoqqa solinishi ortidan tomirini kesish orqali o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. 

O‘zbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmatining bildirishicha, mazkur xolat yuzasidan tekshiruv tayinlangan. Lekin, prokuraturaga ko‘ra, mahkum "joniga suiqasd qilishga urinmagan". 

Toshkentlik Mohigul Mamatova 4 oy avval firibgarlikda gumonlanib hibsga olingan 28 yashar o‘g‘li Hushnud Mamatov Navoiy shahridagi 46-sonli tergov izolyatorida qiynoqqa solinishi va ikki hafta och qoldirilishi ortidan tomirini kesish orqali o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgani haqda Ozodlikka arz qildi.

- Firibgarlik aybini bo‘yniga qo‘ydirish uchun qiynashgan, ikki hafta och qo‘yib, suv ham berishmagan. Qiynashgan. Qiynoqqa chiday olmay, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan, venasini kesgan, - deydi Mohigul Mamatova.

Toshkentlik onaning bu iddaolarini Hushnud Mamatovning advokati Umid Davlatov ham tasdiqladi.

Advokat Davlatov Ozodlik bilan suhbatda o‘tgan hafta Navoiy shahridagi 46-sonli tergov izolyatorida o‘z mijozi Hushnud Mamatov bilan uchrashganida uni chap qo‘li kesilgan xolda ko‘rganini aytdi.

-“Nimaga bunday bo‘ldi”, desam, “qiynoqqa chiday olmasdan, qildim”, deydi. Aybni bo‘yniga qo‘yish uchun surunkali och qo‘yishgan, suv ham berishmagan ekan. “Bundan ko‘ra o‘lganim yaxshi deb, chap qo‘li vena tomirini kesdim”, deydi. Ahvoli hozircha yaxshi, - dedi Umid Davlatov.

Mamatov ishi bo‘yicha tergov olib borayotgan Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan bu iddaolar yuzasidan izoh olib bo‘lmadi.

O‘zbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmati Ozodlik so‘roviga javoban H. Mamatov bilan bog‘liq xolat yuzasidan tekshiruv tayinlanganini ma’lum qildi.

“Bu borada uning tushuntirishiga ko‘ra, hech bir joniga suiqasd qilishga urinmagan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra to‘liq ma’lumot beramiz”, - deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati bildiruvida.

Tergov ishi hujjatlaridan ayon bo‘lishicha, Hushnud Mamatov mart oyida o‘z tanishidan 15 ming AQSh dollari miqdorida foizga pul olgan, lekin qaytarib bermagan.

Iyul oyida foizga pul bergan tomonning shikoyat arizasi bo‘yicha Mamatovga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-bandi Firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va qamoqqa olingan.

Ayblanuvchining onasi Mohigul Mamatova o‘g‘li qamoqda qiynoqqa solingani haqida O‘zbekiston prezidenti qabulxonasiga shikoyat qilgani, lekin hozircha javob olmaganini aytdi.

- Prezidentimiz endi qiynoq bo‘lmaydi, qiynoqqa solganlarni o‘zim jazolayman, degandi. Qani adolat? - deydi Mohigul Mamatova.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘tgan yili hukumat majlisida tergov jarayonida qiynoq qo‘llagan shaxslar, "kim bo‘lishidan qat’iy nazar, muqarrar javobgarlikka tortilishini aytgan.

2017 yil, 7 dekabr kuni Konstutitsiyaning 25 yilligiga bag‘ishlangan nutqida Mirziyoev: "Bundan buyon O‘zbekistonda qiynoqqa solish, ruhiy, jismoniy bosim o‘tkazish va boshqa shafqatsiz zo‘ravonlik holatlariga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.Bunday jinoiy qilmishlarni sodir etgan har qanday shaxs, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, muqarrar ravishda javobgarlikka tortiladi", - deb aytgan edi.

Ammo huquq faollariga ko‘ra, amalda vaziyat o‘zgarishsiz qolgan.

Tergov hibsxonalarida qiynoqlar haqida Ozodlikka Mirziyoevning chiqishidan keyyin ham shikoyatlar kelishda davom etmoqda.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин обнародовал программу развития столичного туризма


Спорт в России и мире
Москва

Личка — о самой дорогой покупке в Москве: два дня назад решил купить самокат за 60 тысяч рублей


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Азаренко проиграла в 1/16 финала турнира WTA-1000 в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

6 городов России, где можно увидеть белые ночи кроме Санкт-Петербурга





Путин в России и мире
Москва

Пашинян подготовил "подарок" Путину к его инаугурации. Запад будет доволен


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко заявил о желании построить в Белоруссии вторую АЭС




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Цинизм зашкалил: Елена Зеленская повеселилась в Киеве с герцогиней Эдинбургской


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Алла Пугачёва

Сгорбленная и худая артистка Алла Пугачева покинула Израиль



Москва

Все краски Магнитки с высоты: 70 фотофактов о столице черной металлургии

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net