Mirziyoev: 2021 yildan majburiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish boshlanadi
O‘zbekistonda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi, tuman markaziy shifoxonalarining moddiy-texnika bazasi va malakali kadrlar bilan ta’minlanish darajasi talabga javob bermaydi. Bu holat prezident Mirziyoev raisligida Toshkentda o‘tgan yig‘ilishda tanqid qilindi.