Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Ноябрь
2018

Bekobodda emlash hamshirasi paxtaga chiqarilgani ortidan 7 nafar bola noto‘g‘ri emlandi

0
Bekobodda emlash hamshirasi paxtaga chiqarilgani ortidan 7 nafar bola noto‘g‘ri emlandi

7 noyabr kuni Ozodlikka bog‘langan bekobodlik ota-onalar¸ 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 7 nafar bolaga kalendarga muvofiq gepatit "A" o‘rniga¸ gepatit "B"ga qarshi katta dozada emlash qilgan tibbiyot xodimlari jazolashni va o‘z farzandlarining mustaqil tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni talab qilishdi.

Ayni shu talab bilan 7 noyabr kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga kelgan bekobodlik ota-onalarga ko‘ra¸ bu voqea 25-26-27 oktabr kunlari Bekobod shahridagi Metallurg shifoxonasiga qarashli bolalar poliklinikasida sodir bo‘lgan.

Poliklikaning emlash kabineti hamshirasi Saodat Qobulova paxtaga jo‘natilib¸ uning o‘rnida ishlash buyurilgan Metallurgiya kombinati hamshiralari¸ gepatit "B"ga qarshi oldin emlangan 7 nafar bolaga yana ayni vaksinani katta dozada bergan.

Ozodlik gaplashgan hamshiraga ko‘ra¸ kasalxona rahbariyati bu xatolikdan xabar topgach¸ ota-onalarni ogohlantirish o‘rniga¸ voqeani bekitishga uringan.

Ota-onalar emlashdan beri burun qonashi¸ isitma¸ lanjlik va ishtahasizlikdan aziyat chekayotgan bolalarning uzoq muddatli salomatligi tahdid ostida ekanidan cho‘chimoqda.

Xatolik – hamshiralar paxtaga jo‘natilgani oqibatida ro‘y bergan

Metallurg shifoxonasiga qarashli bolalar poliklinikasi emlash xonasiga mas’ul bo‘lgan hamshira Saodat Qobulova¸ 25 oktabr kuni uch kunga Bekobod tumanidagi Mallavoy fermer xo‘jaligi hududida paxta terishga yuborilgan.

Hamshiraning Ozodlikka aytishicha¸ bu buyruq 24 oktabr tungi soat 11 dan keyin berilgan va bosh hamshira o‘zini paxtaga chiqmaslik oqibatlaridan ogohlantirgan.

25 oktabr tonggi soat 6:30 da paxtaga jo‘nash uchun aytilgan joyga borgan Qobulova o‘rniga¸ Metallurgiya kombinatida ishlovchi ikkita hamshira qo‘yilgan.

Bolalarni emlash tajribasiga ega bo‘lmagan bu ikki hamshira 25-27 oktabr kunlari gepatit Aga qarshi emlashga chaqirtirilgan 7 nafar bolani gepatit "B"ga qarshi kattalar dozasida emlagan¸ ammo bolalar emlash daftariga bu vaksina gepatit "A" deb yozib qo‘ygan.

Bu xatolik¸ emlash hamshirasi Saodat Qobulova paxtadan ishga qaytib¸ sovutgichdagi vaksinalar hisobini qilgan paytda yuzaga chiqqan.

- Odatda oyning 25 kuni SESga qancha vaksina qilingani haqida hisob beraman. Lekin o‘tgan oy paxtada bo‘lganim uchun¸ 29 oktabr kuni hisob berish uchun xolodilnikni tekshirsam¸ gepatit "B" ga qarshi yetti dona vaksina yetishmayapti. Surishtirsam¸ men yo‘g‘imda ishlash buyurilgan hamshiralar "A" o‘rniga "B" qilgan. Ularni chaqirtirib¸ darrov xatolik haqida tushuntirish yozdirib oldim. Bo‘lmasa¸ buning mas’uliyati menga tushardi¸ - deydi Qobulova Ozodlik bilan suhbatda.

Hamshiraga ko‘ra¸ shundan so‘ng voqeadan xabar topgan shifoxona bosh vrachi va poliklinika boshlig‘i xatolikni bekitish uchun emlash daftarini qaytadan soxtalashtirib yozib chiqish va bu haqda ota-onalarga hech nima demaslikni buyurgan.

Qobulovaning aytishicha¸ u bunga ko‘nmagan va emlash daftari¸ xatoga yo‘l qo‘ygan hamshiralar yozib bergan tushuntirish xatini olib Bekobod prokuraturasiga murojaat qilgan.

Prokuratura idorasidan chiqqan Qobulova, o‘zining aytishicha¸ noto‘g‘ri emlangan bolalardan xabar olish va ota-onalarni ogohlantirish uchun ularning uyiga borgan.

Vahima

Noto‘g‘ri emlanganlardan biri Bekobod shahar 12-mikrorayon 48-uy 27-xonadonda yashovchi Guloyim Rahimovaning 6 yashar nevarasi Shohruh Abdusamatovdir.

Rahimovaning Ozodlikka aytishicha¸ Shohruhni bog‘chaga qo‘yish uchun gepatit "B"ga qarshi emlash olishi talab qilingani ortidan¸ uni 25 oktabr kuni onasi poliklinikaga olib borib¸ 150 ming so‘m to‘lab¸ emlatgan.

- O‘sha kuniyoq bolaning mazasi qochib¸ isitmasi ko‘tarilib¸ zardob qayt qila boshladi. Qizim¸ emlashdan keyin shunaqa bo‘larkan¸ dedi. Biz meditsinadan ko‘p ham xabari yo‘q odamlarmiz. Boshqa uyga ko‘chayotganimiz uchun¸ bolani yotqizib qo‘ysak¸ soatlab ko‘zini ochmadi¸ovqat yemay qo‘ydi¸ faqat suv so‘radi. Detskiy vrachga olib borsak¸ tomog‘i og‘rigan deb¸ analgin-dimedrol berdi. Vaksina xayolimizgayam kelmapti¸ - deydi Guloyim Rahimova.

3 noyabr kuni uyiga emlash hamshirasi Saodat Qobulova kelib¸ Shohruhning ahvolini surishtirgan va bosiqlik bilan ularga bolaning xatolik oqibatida katta dozadagi boshqa vaksina bilan emlanganini tushuntirgan.

- Juda qo‘rqib qoldik¸ bittayu bitta o‘g‘il nevaram. 5 noyabr¸ dushanba kuni Toshkentga borib¸ Minzdravdagi Dilorom Tursunova degan ayolga shikoyat qildik¸ to‘liq tekshirib¸ bolalarimizni davolatib bering¸ deb. Mutaxassis yuborib¸ masalani o‘rganamiz¸ dedi. Ertasiga Bekoboddagi medsanchastda uchrashuv bo‘ldi. Toshkentdan kelganlar ham qatnashdi. Hamshiralar oldiniga tondi¸ keyin tan olib¸ kechirim so‘radi¸ ishdan ketishga tayyorman¸ dedi. Bolalarni bir oydan keyin qon olib¸ tekshiramiz deyishdi. Men xato ishni qilib¸ bolalarning sog‘lig‘ini emas¸ balki o‘z shkurasini o‘ylab¸ uni bekitishga uringanlarga ishonmayman¸ deydi Guloyim Rahimova.

Bu uchrashuv va unda aytilganlardan qanoatlanmagan 7 bolaning ota-onasi¸ voqeani ob’ektiv o‘rganib¸ aybdorlarni jazolash va bolalari salomatligi uchun mas’uliyatni tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklash talabi bilan 7 noyabr kuni Bosh prokuraturaga arzga kelgan.

7 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan kechki soatlarda Ozodlik qayta bog‘langan ota-onalar vakillariga ko‘ra¸ Bosh prokuratura vakili o‘z shikoyatini rasmiylashtirgani va bu voqea nazoratga olinganini bildirgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин. Главное за день


Спорт в России и мире
Москва

Росгвардейцы обеспечили безопасность во время футбольного матча в Москве


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Соболенко вышла в полуфинал турнира WTA-1000 в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о развитии «зеленой» экономики в РФ





Путин в России и мире
Москва

Больше 4 тысяч ветеранов войны из Новосибирска получат письма от Путина к 9 мая


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

В Минске одобрен проект соглашения о системе таможенного транзита ЕАЭС




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Песня

Рассылка Песни или Музыки на все Радиостанции России, СНГ и Мира, а также по всем СМИ России.



Москва

«Алма-Атинский формат». Казахстан стал переговорщиком между Баку и Ереваном

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net