Finlyandiyada yashayotgan o‘zbek shoiri Moskvada kitobi yuz ochdisini o‘tkazdi (FOTO)
21 sentabr kuni Moskvadagi “Farg‘ona Uyida” o‘zbek shoiri, “Farg‘ona avangardchilar guruhi” a’zosi Hamdam Zokirovning yangi she’riy to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Hozirda Helsinkida istiqomat qilayotgan asli rishtonlik Hamdam Zokirov “Doslovno” deb nomlangan to‘plami haqida so‘zlab, Ozodlikning boshqa savollariga ham javob berdi.