G‘ofur Rahimov nomzodi AIBA prezidentligiga ko‘rsatildi
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘afur Rahimov va tashkilot vitse-prezidenti Serik Qonaqbaevlar nomzodi AIBA prezidentligiga ko‘rsatildi. Bu xaqda Rossiya boks Federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlevga tayanib, TASS xabar qildi.
AIBA prezidentligi uchun ariza berish muddati 23 sentabr kuni nihoyasiga yetdi. Tashkilot rahbari saylanadigan AIBA Kongressi 2-3 noyabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadi. «G‘afur Rahimov va Serik Qonaqbaevlar nomzodi ko‘rsatildi», – degan Kremlev.
Bundan avval Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rahimovga murojaat qilib o‘z nomzodini prezidentlikka ko‘rsatmaslikni so‘ragan edi. Agar nomzodi ko‘rsatilgudek bo‘lsa, Olimpiada o‘yinlari dasturida boksning saqlanib qolishi borasida XOQ qabul qiladigan qarorga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi. AQSh Moliya vazirligining xorij aktivlari ustidan nazorat Departamenti O‘zbekistondagi bosh jinoyatchi sifatida Rahimovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Shuningdek Moliya vazirligi Rahimovni AQSh dollarida moliyaviy amaliyot o‘tkazishni taqiqladi.
XOQ boksni 2020 yilgi Olimpiada o‘yinlari dasturida saqlab qolish bilan bog‘liq masalani noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan tashkilot ijroiya qo‘mitasining majlisida ko‘rib chiqadi.
Ayni damda, fevral oyidan beri XOQ AIBAga nisbatan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bu qaror Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XOQ ijroiya qo‘mitasi majlisida qabul qilingan edi. XOQni boshqaruv, moliya va aksildoping borasidagi AIBA hisoboti qoniqtirmadi. AIBAsobiq rahbari Ching Kuo Vu iste’foga chiqdi, uning vazifasini bajarib turish Rahimovga yuklatildi.
Shu yilning iyuli o‘rtalarida O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi G‘afur Rahimovni qidiruvda bo‘lgan shaxslar ro‘yxatidan chiqardi. 27 iyul kuni Rahimov Toshkentga keldi va O‘zbekiston milliy Olipiya qo‘mitasi rahbariyati bilan uchrashdi.