Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Июнь
2018

“Yil oxirigacha “Bunyodkor” futbol klubi yo‘q qilinadi!”

0
 “Yil oxirigacha “Bunyodkor” futbol klubi yo‘q qilinadi!”

3 iyun kuni O‘zbekistonning eng katta va eng qimmatbaho stadioni “Bunyodkor” stadioni nomi imi-jimida o‘zgartirildi. Prezidentning bu hududga kelishi oldidan katta qilib yozilgan “Bunyodkor” nomi olib tashlanib¸ nisbatan kichik “Milliy” degan so‘z paydo bo‘ldi. Hozircha stadion nomining o‘zgarishi haqida kim¸ qachon¸ nimaga qaror chiqargani ham¸ bu nom o‘zgarishining o‘zi ham jamoatchilikka e’lon qilinmadi.

Keyingi kunlar davomida Ozodlik gaplashgan O‘zbekiston futboli boshqaruviga bevosita aloqador mulozimlar¸ sharhlovchi va futbolchilarning o‘zlari yil oxiriga qadar nafaqat “Bunyodkor” stadioni¸ balki shu nomdagi futbol klubining o‘zi ham qolmasligini aytdilar.

O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasining Ozodlik gaplashgan rasmiysi¸ bunday ehtimolni butunlay inkor qilmagan holda¸ klubga yordam berish yo‘llari izlanayotganini aytdi.

Homiylar o‘yindan chiqa boshladi

2005 yili “Quruvchi” nomi bilan 2-ligada maydonga tushib¸ 2008 yili “Bunyodkor”ga aylanib¸ uzoq yillar oliy liga(superliga)da peshqadamlik qilib kelgan futbol klubining bosh homiysi¸ klub saytida yozilishicha “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati¸ asosiy hamkori esa¸ “O‘ztransgaz” kabi o‘nlab aksiyadorlik kompaniyalarini o‘z ichiga oluvchi “O‘zbekneftgaz” davlat konsernidir.

Ozodlik gaplashgan “Bunyodkor”ga yaqin manbalar¸ asosiy xo‘jayini davlat bo‘lgan bu sponsorlar “Bunyodkor”ga pul berishni to‘xtatib qo‘yganidan boshlab klubning “jon tomiri” uzilganini bildirishdi.

“Prezident Sultonovga (“O‘zbekneftgaz” rahbari Alisher Sultonov – tahr.) keraksiz xarajatlarni kamaytir¸ deganidan keyin “O‘zbekneftgaz” faqat “Bunyodkor” emas¸ balki “Sho‘rtan” va “Neftchi” klublariga sponsorlikni deyarli to‘xtatib qo‘ydi. Hozir bu klublar ham og‘ir ahvolda. Lekin eng og‘iri “Bunyodkor”niki va buning o‘ziga xos sabablari bor (bu haqda quyiroqda o‘qiysiz – tahr.)”¸ deydi O‘zbekiston futbol klublari faoliyatiga bevosita aloqador mulozim.

O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktorining o‘rinbosari¸ taniqli futbol sharhlovchisi Diyor Imomxo‘jaev Ozodlik bilan 6 iyun kungi suhbatda “Bunyodkor” futbol klubining moliyaviy jihatdan og‘ir ahvolda qolganini e’tirof etdi:

- Hozir O‘zbekiston futbol klublarining ko‘pchiligida¸ ayniqsa¸ neftgaz klublarida (asosiy homiysi O‘zbekneftgaz bo‘lgan klublar nazarda tutilmoqda – tahr.) muammo bor. Bunaqa jami oltita klub bor¸ shulardan to‘rttasi superligada. “Bunyodkor”¸”Buxoro”¸”Neftchi”¸ “Nasaf”¸ proligada “Sho‘rtan” va “Mash’al” bor. Bularga sponsor beradigan mablag‘ joriy yilning mart oyiga kelib keskin qisqardi. Har yili bu klublarga, aytaylik¸30 yoki 40 milliard so‘m berib kelingan va bular o‘z smetasini shunga qarab tuzgan bo‘lsa¸ mart oyidan bu mablag‘¸ 10-15 milliard so‘mga tushirilgan¸ dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Ozodlik 6-7 iyun kunlari "Bunyodkor" klubining asosiy homiylaridan nima uchun homiylik mablag‘ining keskin kamayganiga oid izoh ola olmadi. “O‘zbekneftgaz” va “O‘ztransgaz” rahbariyatining Ozodlik bog‘langan vakillari o‘zlarida bunday savolga javob berish vakolati yo‘qligi¸ savollar yozma yuborilgan taqdirda¸ ular ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytdi.

Homiylik puli keskin qisqardi¸ O‘FA xarajatlarni oshiruvchi talablar qo‘ydi

“O‘zbekneftgaz” va “O‘ztransgaz” “Bunyodkorga berilgan mablag‘ni keskin kamaytirgan bir paytda¸ O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi superligadagi klublarga qo‘yilgan talablarni kuchaytirgan va bu ularning 2018 yilgi byudjetini yanada tang holga solib qo‘ygan.

Imomxo‘jaevga ko‘ra¸ superliga klublariga ayollar futboli biriktirilgan va ayollar klubiga ham  asosiy stadiondan joy ajratish¸ futzal klubini rivojlantirish talabi qo‘yilgan va bu talablar avgust oyidan to‘liq ijro etilishi lozim.

- Bu esa¸ superliga klublarining rasxodi oshishini anglatadi¸ deydi Imomxo‘jaev.

Bunday vaziyatda¸ yilni o‘tgan yilgi sponsor mablag‘i (taqriban 40 milliard so‘m)ga asoslangan byudjet bilan boshlab¸ xarajatlarini shunga yarasha olgan “Bunyodkor”¸ bu mablag‘ 10 milliard so‘mga tushib¸ xarajatlari oshishi ortidan moliyaviy jihatdan bo‘hronga tushib qolgan.

“Bunyodkor” ustidan chiqarilgan bilvosita o‘lim hukmi?

“Bunyodkor” klubiga berib kelingan sponsor mablag‘i keskin kamayishi bilan bir paytda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi superliga klublariga joriy qilgan yana bir talab¸ Ozodlik gaplashgan o‘zbek futboli sharhlovchilariga ko‘ra¸ “Bunyodkor” ustidan chiqarilgan o‘lim hukmi bo‘lishi mumkin.

O‘FA mamlakat superligasida o‘ynaydigan klublarning yillik byudjeti eng kamida 25 milliard so‘m bo‘lishi kerak¸ degan talabni o‘rtaga qo‘ydi. (Bunday talab joriy etilganini O‘FA rasmiysi Diyor Imomxo‘jaev ham Ozodlik bilan suhbatda tasdiqladi.)

- O‘FA eng kami 25 milliarding bo‘lsin¸ bo‘lmasa¸ senga superligaga yo‘l bo‘lsin¸ deb turgan bir paytda¸ homiylari berayotgan pul 10 milliarddan oshmaydigan “Bunyodkor” qanday qilib yashab qoladi? Shu yil oxirigacha bunaqa futbol klubi qolmaydi¸ degani va bu ish ataylab “Bunyodkor”ni yo‘q qilish uchun qilinayapti. Bu ish tepasida O‘FA prezidenti Umid Ahmadjonovning o‘zi turipti. Bu odam “Paxtakor”ning odami¸ asosan shu klub manfaatlarini ilgari surayapti. Ko‘rasiz¸ bu yil “Paxtakor”ni chempion qilishadi¸ “Bunyodkor”ni esa¸ har xil bahona bilan yo‘q qilishadi. Bu jarayon boshlandi – “Bunyodkor”dan stadionni ham¸ futbol akademiyasini tortib olishdi. O‘yinchilari oylardan beri oyliksiz o‘ynab¸ kelajagi yo‘qligini bilganidan “Paxtakor”¸”Lokomotiv” kabi boshqa klublarga o‘tib ketishga majbur bo‘layapti ¸ deydi Ozodlik bilan ismi ochiqlanmasligi sharti bilan gaplashgan “Bunyodkor” klubiga yaqin mutaxassislaridan biri.

Yillar davomida “O‘zbekneftgaz”dan hammadan ko‘ra ko‘proq mablag‘ olib kelgan “Bunyodkor”¸ qolaversa “Nasaf”ning jiddiy moliyaviy qiyinchilikda qolganini e’tirof qilgan O‘FA rasmiysi Imomxo‘jaev¸ assotsiatsiya bu klublarga yordam berish ustida bosh qotirayotganini ta’kidladi.

- Bu gaplarda asos yo‘q. Umid Ahmadjonov superligada o‘ynayotgan eng yaxshi klublardan birining yo‘q bo‘lib ketishidan manfaatdor emas. Uning prezidentligi davrida butun boshli mashhur klub yo‘q bo‘lsa¸ bu Ahmadjonovning o‘zi uchun juda yomonku! Bunday gap-so‘zlarning chiqishiga “Bunyodkor” stadioni va futbol akademiyasining O‘FA balansiga olinayotgani sabab bo‘layapti¸ nazarimda. Lekin bu ishlar O‘FA emas¸ shaxsan prezident qarori bilan amalga oshirilayapti¸ dedi Imomxo‘jaev.

Ayni paytda suhbatdosh¸ "Bunyodkor" klubini hozirgi bo‘hrondan omon chiqarish uchun O‘FA tomonidan qanday aniq choralar ko‘rilayotganini ochiqlamadi.

"Bunyodkor" prezident tashabbusi bilan "Milliy"ga aylandi

O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktorining o‘rinbosari Diër Imomxo‘jaev "Bunyodkor" stadioni va "Bunyodkor" qoshidagi futbol akademiyasining O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi balansiga o‘tkazish prezident Shavkat Mirziyoev farmoni bilan amalga oshirilayotganini bildirdi.

-"Bunyodkor"ni O‘FA ixtiyoriga o‘tkazish jarayoni boshlandi. Hali o‘tmadi¸ hozir shuning yuridicheskiy ishlari davom etayapti.  Bu cho‘ziladigan jarayon¸ hammasi qonuniy bo‘ladi. Kabminga taklif kiritiladi va Vazirlar Mahkamasidan qaror chiqadi¸ shundan keyin balansga o‘tadi¸ dedi Imomxo‘jaev.

Bu mulozimga ko‘ra¸ ikki yil ichida O‘zbekistonda hozircha yagona xususiy klub bo‘lgan "Paxtakor" o‘ziga yangi stadion qurib¸ "Jar"ni bo‘shatib beradi va qayta ta’mirdan chiqariladigan "Jar" "Bunyodkor"ga beriladi.

- Ungacha¸ klub bazasi boshqa joyga ko‘chadi¸ lekin o‘yinlarini "Bunyodkor"(yangi nomi Milliy -tahr.) stadionida o‘ynashda davom etadi¸ deb ta’kidladi Imomxo‘jaev.

Ozodlik gaplashgan futbol sohasi mulozimlaridan yana biri¸ "Bunyodkor" klubi bazasining "Paxtakor"ga berilishi¸ Bobur Shodiev ("Paxtakor" klubi prezidenti - tahr.)  "Bunyodkor" bazasini o‘ziga olib¸ hatto stadionga ham ko‘z tikayotganini iddao qildi.

Ozodlik bu iddaolar va klubning bugungi vaziyati¸ uning yaqin kelajakdagi taqdiriga oid savollarga javob olish maqsadida 6-7 iyun kunlari "Bunyodkor" klubi bosh murabbiysi Mirjalol Qosimov bilan bog‘lanishga harakat qildi¸ ammo hozircha bunga muvaffaq bo‘la  olmadi. 

“Prezident “Bunyodkor”ni yomon ko‘radi!”

“Bunyodkor” klubi faoliyati¸ xususan¸ uning bosh homiysi Zeromax bo‘lgan “yulduzli davri” tafsilotlaridan yaxshi xabardor futbol mulozimi¸ prezident Shavkat Mirziyoevning “Bunyodkor”ni superklub qilgan Zeromax boshqaruvchisi¸ o‘z zamonida prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning yaqin sherigi sanalgan Mirodil Jalolovga nisbatan salbiy munosabati bu klubning bugungi ayanchli vaziyati ortidagi asosiy sabablardan biri ekanini iddao qildi.

“Bunyodkor” degan nom yangi hukumat¸ xususan¸ prezident Mirziyoevga o‘z o‘tmishidagi ko‘ngilsizliklar simvollaridan biri. Shavkat Mirziyoev Jalolovni yomon ko‘radi va u “Bunyodkor”ga Jalolovning bolasi deb qaraydi. Shunga klub-plubi bilan yo‘q qilgin¸ degan gap bo‘lgan shekilli¸ pul bermay qo‘yishdi¸ stadionini olishdi. Boshqa tarafdan¸ “Bunyodkor” bahonasida qilingan otkatlar¸ “O‘zbekneftgaz”ning millionlab dollarlarini havoga sovurishganini ham ko‘pchilik yaxshi biladi. “Bunyodkor” oldingi sponsor va boshqaruvchilarining xato¸ balki jinoyatlari uchun javob berayapti. Futbol¸ siyosiy va shaxsiy munosabatlar to‘qnashuvida qurbon bo‘layapti”¸ deydi bu mulozim.

2010 yili o‘zini bankrot deb e’lon qilgan Zeromax shirkati bugun milliardlab dollarlik qarz ustida xalqaro mahkamaga tortilgan¸ uning xalq orasida Odilboy deb tanilgan sobiq direktori Mirodil Jalolov esa¸ 2010 yildan beri qamoqda. Ozodlikning O‘zbekiston huquq tizimlaridagi manbalari Jalolovning 2017 yil 4 yanvarida ozod etilgani¸ ammo bir necha oy o‘tib¸ qayta hibsga olinganini bildirgan. Hozircha Jalolovning qaysi jinoyatlarda ayblanib¸sud hukmi bilan qanday jazoga loyiq topilgani va jazoni qaerda o‘tayotganiga oid aniq ma’lumot Ozodlik ixtiyorida mavjud emas. (Bunday ma’lumot sizda bo‘lsa¸ ularni Ozodlikka yo‘llang – shaxsingiz sir qolishi kafolatlanadi -tahr.)






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин поздравил победителей городского конкурса в сфере культуры и искусства


Спорт в России и мире
Москва

Стали известны все участники РПЛ сезона-2024/2025


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Даниил Медведев

Медведев вышел в 1/8 финала «Ролан Гаррос» — 2024


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Жителям Подмосковья рассказали о лесопожарной обстановке в регионе на 1–3 июня





Путин в России и мире
Москва

Руководство Краснодара посетило китайский Харбин. Рассказываем подробности


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

БЕЛТА: Лукашенко и Путин обсудили представительство России на параде в Минске




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Зеленский: после «заморозки» конфликт опять вспыхнет


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Игорь Бутман

Долина, Бутман и его оркестр представили Россию на Akra Jazz Festival в Турции



Москва

Мария Львова-Белова запустила месяц "Родительской гостиной" по всей России

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net