Kubadagi aviahalokatning barcha qurbonlari shaxsi aniqlandi
Samolyotda ekipaj bilan birga 113 kishi bor edi, ularning 112 nafari halok bo‘ldi. Hozirga qadar hayot bo‘lgan so‘nggi yo‘lovchining ahvoli jiddiy ekanligi aytilmoqda. Avvalroq uch kishining tirik qolgani aytilgandi. Ulardan ikki nafari keyinroq shifoxonada halok bo‘lgan.