Urgutda Yo‘l inspektori keksa haydovchi bilan mushtlashdi (VIDEO)
Samarqand viloyatining Urgut shahrida yo‘l harakati xavfsizligi inspektori va “Niva” mashinasi haydovchisi do‘pposlashayotgani videosi ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. Videotasvirda shaxsi noma’lum militsiya xodimi bir qancha hamkasbi va odamlarning qurshovida keksa yoshlardagi hadovchiga kuch qo‘llab, uni yerga yotqizishga urinayotgani, haydovchi ham bo‘sh kelmay militsiya xodimini oyog‘idan ko‘tarib, unga qo‘l ko‘tarayotganini ko‘rish mumkin.