Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Май
2018

Putin prezidentligidan norozilar namoyishida yuzlab odam hibsga olindi (VIDEO)

0
Putin prezidentligidan norozilar namoyishida yuzlab odam hibsga olindi (VIDEO)

Moskvada 5 may kungi ruxsat etilmagan norozilik namoyishida Navalniy qatori yana yuzlab kishilar hibsga olindi. Namoyishchilar Vladimir Putinning to‘rtinchi marta prezidentlik lavozimiga kirishishiga norozilik bildirdi.

Rossiya muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy o‘zi bilan birga namoyishda ishtirok etgan yuzlab namoyishchi hibsga olinib, keyin qo‘yib yuborilganini bildirdi.

“Ular menga namoyishni uyushtirganim va politsiyaga bo‘ysunmaganim uchun ikkita bayonnoma to‘ldirdi. Ammo, kechki soat 12 yarimda sudgacha qo‘yib yubordi”, deb yozdi Navalniy 6 may kuni ertalab Tvitterdagi safihasida.

Navilniyning korrupsiyaga qarshi jamg‘armasi huquqshunosi Veronika Polyakovaning "Interfaks" axborot agentligiga bildirishicha, uning ishiga oid eshituv Moskva shahrining Tver tuman sudida 11 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Navalniy Moskva markazidagi Pushkin maydonidagi namoyishga kelib qo‘shilishi bilan oradan ko‘p o‘tmay qo‘lga olindi. Politsiya maxsus bo‘linmasi ko‘plab namoyishchilarni mashinalarga bosib olib ketdi, ba’zilarini Putinga tarafdor kishilar kaltakladi.

Navalniy hukumatga qarshi norozilik namoyishlari uyushtirgani uchun oldin ham ayblanib, bir necha marta qamalib chiqqan.

OAV xabariga ko‘ra, Moskvada norozilik namoyishiga minglab kishi  chiqdi. Politsiya ular soni 1 500 kishi bo‘lganini aytmoqda. Sankt-Peterburgdagi namoyishda 1000 ga kishi qatnashdi.

− Men Putinni mamlakatni boshqarishga loyiq emas, deb hisoblayman. U hokimiyat tepasida 18 yildan beri o‘tiribdi, biroq biror yaxshi ish qilgani yo‘q, − dedi moskvalik norozilik namoyishi ishtirokchisi Dmitriy Nikitenko Assoshieyted Press axborot agenligiga. – U yaxshilikcha ketishi kerak.

Politsiya faoliyatini mustaqil kuzatuvchi OVD-Info tashkiloti bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatning 26 ta shahrida namoyishlar bilan bog‘liq tarzda 1262 kishi hibsga olindi. Qayd etilishicha, ayrim qo‘lga olinganlar voyaga yetmagan o‘smirlardir.

Moskvada 703 nafar, Sankt-Peterburgda esa 22 nafar namoyish qatnashchisi ushlandi. Poytaxt politsiyasi “taxminan 300 kishi” ushlanganini xabar qildi. Butun mamlakatdan qancha kishi ushlangani haqida hech narsa deyilmadi.

41 yashar Navalniy o‘z tarafdorlarini Putinning 7 may kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya – prezidentlik lavozimini bajarishga kirishish marosimi oldidan “U bizga podshoh emas!” shiori ostida ko‘chalarga chiqishga da’vat qildi. Bundan maqsad Putinning avtokratik boshqaruv usuliga norozilik bildirish edi.

U 4 may kuni Tvitterga qo‘ygan xabarida Putinni “qo‘rqoq chol” deb atadi.

− Biz qallob va o‘g‘rilardan tarkib topgan hokimiyat idoralarini Putinga ovoz bermagan millionlab vatandoshlar bilan hisoblashishga majbur qilamiz, − dedi u 4 may kuni.

Putin 7 may kuni to‘rtinchi marta prezidentlikka kirishishdan oldin qasamyod qiladi. Shu tariqa u 18 yillik hukmronligini yana uzaytirmoqchi.

Tarafdorlari uni “tiz cho‘kib qolgan” mamlakatni oyoqqa turg‘azdi, deb hisoblasa, muxoliflari korrupsiya botqog‘iga botgan va mamlakat boyliklarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullanayotgan avtoritar hukmdor deb biladi.

Movkva shahri hokimiyat idoralari Navalniy tarafdorlarini “mutlaqo noqonuniy” norozilik namoyishlarida qatnashishdan ogohlantirdi.

An’anaviy kazak yiyimlarini kiyib olgan kishilar namoyishchalarni kaltaklayotgan va maydon ustidan vertolyot uchib o‘tayotgan paytda maxsus politsiya bo‘linmalari ularni ushlab olib keta boshladi.

Pushkin maydonidagi olomon orasida ko‘pchiligi yoshlardan iborat Putin tarafdorlari ham bor edi, ular “Mamlakat – bizniki, qonunlar – bizniki” va “Putin tarafdorimiz”, deb baqirdi.

Ijtimoiy tarmoqlar politsiya qarshilik ko‘rsatmayotgan kishilarni zo‘rlab ushlayotgani aks etgan video va fotosuratlar bilan to‘lib ketdi.

Moskva politsiyasi matbuot kotibi Vladimir Sernikov esa buning ziddi o‘laroq, “Politsiya bilan Milliy gvardiya bugun qonundan chetga chiqmay, o‘z ishini bilib va shovqin ko‘tarmay harakat qildi”, deb bayonot berdi.

Ko‘plab namoyishchilarga, politsiyaga bo‘ysunmadi, degan ma’muriy ayb qo‘yildi, ammo ular sud majlisiga qadar ozod qilindi.

AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Hizer Noert Tvitterda, Qo‘shma Shtatlar “Rossiyaning yuzlab tinch namoyishchilarni qo‘lga olganini qoralaydi va ularni tez orada ozod etishni talab qiladi”, deb yozdi.

Yevropa Tashqi siyosat masalalari idorasi rahbari Federika Mogerini Rossiyadagi norozilik namoyishlariga politsiyaning munosabati “fundamental fikr va yig‘ilishlar o‘tkazish erkinligi”ga tahdid qilayotgani haqida bayonot berdi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин открыл пешеходную галерею между станциями метро и МЦД-4 Кутузовская


Спорт в России и мире
Москва

Среди сотрудников уголовно-исполнительной системы Республики Дагестан определили лучшего гроссмейстера


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Александр Зверев

Александр Зверев: «Сказал себе, что хочу стать примером для подражания. Я больше не ломаю ракетки, почти не получаю предупреждений»


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

"Святой Ленин" спасает мир и возглавляет "восстание ИИ машин... хороших по существу". 8 серия, СЕРЬЁЗНЫЕ НОВОСТИ.





Путин в России и мире
Москва

Путин прислал траурный венок на похороны полярника Чилингарова


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Прямое авиасообщение открыли между Ульяновском и Минском




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

В Киеве допускают, что Зеленский может не попасть на саммит G7 в Италии


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Баста

Баста: товарищеский матч ФК Ростов - СКА могут провести осенью 2024 года



Москва

Mash: сына модельера Зайцева увезли в реанимацию в Москве

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net