Toshkent pasport bo‘limlarining prezident imzolagan dasturdan xabari yo‘q
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning farmoni bilan 1-apreldan propiskasiz shaxslarning poytaxtdan ko‘chmas mulk sotib olishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi, propiskasiz shaxslarning Toshkentda ishga joylashish mumkin bo‘ladi. Biroq, Ozodlik suhbatlashgan poytaxt pasport bo‘limlari mulozimlari bu farmonni ijro etish haqida aniq bir ma’lumotga ega emasliklarini aytdi.