Huquqshunos: Ichib qo‘lga tushgan haydovchilarni o‘z saytida sazoyi qilish bilan IIIB qonunni buzdi
Toshkent shahar IIBB rasmiy nashrida 8 yanvar kuni mast holatda transport vositasini boshqargani aniqlangan 19 haydovchi surati ismi-sharifi bilan birgalikda e’lon qilindi.Toshkent haydovchilari orasida “sharmanda taxtasi” nom chiqargan bu sahifada ichib qo‘lga tushgan toshkentlik haydovchi ayollarning surati va avtomashinasi ham ko‘rsatilgan. Ozodlik suhbatlashgan huquqshunos bu holatning mavjud qonunlarga zid ekanligini aytdi.