Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News
Март
2022

Ukrainadagi urushning keyingi bosqichida nimalarni kutish mumkin?

0
Ukrainadagi urushning keyingi bosqichida nimalarni kutish mumkin?

G‘arblik ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi uch haftalik urushda AQSh Afg‘oniston va Iroqdagi 20 yildan ortiq vaqt davomida yo‘qotgan askarlaridan ham ko‘proq askar yo‘qotdi.

AQSh va Britaniya mudofaa rasmiylarining aytishicha, hozirgacha 7000 dan ortiq rus askari halok bo‘lgan. Bu raqam qurbonlar sonining eng past miqdori sifatida ko‘rilmoqda, chunki Ukraina Mudofaa vazirligi ukrain harbiylari 14 mingdan ortiq dushman askarini o‘ldirganini aytdi. Moskva faqat bir marta, ya’ni 2-mart kuni 498 askar halok bo‘lgani haqida rasman bayonot bergan.

Umumiy raqamlar noaniq bo‘lsa-da, Rossiya urush harakatlarida katta muvaffaqiyatsizliklarga duch kelayotgani, jangovar ruhning pastligi va logistika bilan bog‘liq muammolar ortib borayotgani haqidagi xabarlar tobora ko‘paymoqda.

Ozodlik Virjiniyadagi CNA tahlil markazining Rossiya tadqiqotlari dasturi rahbari, rossiyalik harbiy ekspert Maykl Kofman bilan suhbatlashdi.

Ozodlik: Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganiga uch hafta bo‘ldi va ukrainaliklar ko‘p jihatdan Rossiya bosqinini sekinlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Rossiya bu urush davomida logistik va boshqa muammolarga duch kelmoqda. Ayni paytdagi urush holatini va kelgusi haftalardagi voqealar rivojini qanday baholaysiz?

Maykl Kofman: Hozirda urushning aniq holatini aytish qiyin. Urush davom etmoqda va jang maydonida aslida nima sodir bo‘layotgani haqida juda kam tasavvurga egamiz. Menimcha, Rossiya kuchlari oldinga siljishi sustlashdi.

Rossiyaning urushdagi dastlabki maqsadlarining aksariyati hozircha amalga oshmadi. Rossiya o‘z maqsadlarini Ukraina hukumati bilan qandaydir siyosiy kelishuv asosida qayta ko‘rib chiqayotganga o‘xshaydi.

Ozodlik: Rossiyaning Kiyevni egallashi qiyin masala deb o‘ylayotganingizni hisobga olsak, yaqin haftalarda Odessa va Kiyev kabi shaharlarni nazorat qilish uchun Rossiyadan katta harakatlar bo‘lishi mumkinmi? Rus harbiylari sekinlashdi, ammo ular hali ham olg‘a siljiydimi?

Kofman: Menimcha, Rossiya kuchlari Odessaga bormaydi. Hozir ular Nikolayevni yarmigacha kirib bordi va Odessaga hujum qilishga kuchlari yo‘q. Ukraina uchun haqiqiy tahdid Donbass qarshisidagi Qo‘shma kuchlar operatsiyasi (QKO) da jamlangan ko‘plab brigadalardir. Ular Donbassdagi ko‘p sonli Ukraina kuchlarini qurshab olib, og‘ir ahvolga tushirishi mumkin.

Ozodlik: Urush boshida Rossiyaning rivojlangan havo kuchlari unga katta ustunlik beradi, degan taxmin bor edi, ammo bu u qadar hal qiluvchi rol o‘ynamayotganga o‘xshaydi. Buning sababi nima?

Kofman: Ko‘pchilik Rossiyadan havo bilan birgalikda quruqlikdagi qo‘shinlardan iborat qo‘shma qurolli operatsiyani kutgan edi. Buning o‘rniga, rus harbiylari hech qanday jang bo‘lmasligini o‘ylab, Kiyev rejimini tezkor o‘zgartirish operatsiyasini o‘tkazishga va aslida jangdan qochishga harakat qildi. Shuning uchun ular kutilgan narsaning ko‘pini amalga oshirmadi.

Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimiga ega mamlakatdir. Menimcha, eng katta muammolardan biri shundaki, odamlar Ukrainaning haqiqiy harbiy imkoniyatlariga kam baho berishdi. Bu Yevropadagi eng yirik muntazam armiyalardan biri. Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qurollantirishga qay darajada yordam berganini ham e’tiborga olish kerak.

Ozodlik radiosi: Ukraina NATO davlatlaridan parvozlarni taqiqlovchi hududni joriy etishni talab qilmoqda. Ammo biz Qo‘shma Shtatlar va boshqa G‘arb davlatlari Ukrainaga yer-havo raketalari va boshqa havo hujumidan mudofaa tizimlarini yuborganini ko‘rdik. Bu urushning keyingi bosqichida hal qiluvchi rol o‘ynaydimi?

Kofman: Hal qiluvchi omil emas, lekin bu albatta yordam berishi mumkin. Ukrainaga havo hujumidan mudofaa hozir hamma narsadan ham ko‘ra ko‘proq kerak. Ukraina havo mudofaasi yomon harakat qilmayapti. Shunday ekan, bu mudofaa tizimini yanada qo‘llab-quvvatlash ancha to‘g‘ri yo‘l.

Ozodlik: Siz yuqorida Rossiya qo‘shinlari urush boshida qo‘ygan ko‘p maqsadlarga erisha olmasligini aytdingiz. Biz Ukraina va Rossiya tomonlari o‘rtasidagi muzokaralarda biroz oldinga siljish bo‘lgani haqidagi bayonotlarni eshitdik. Shunga asoslanib, jang maydonidagi harakatlar sekinlashadimi yoki jadallashadi?

Kofman: Urush, hozir biz ko‘rayotgandek boshi berk ko‘chada emas. U hali ham davom etishi mumkin. Bizga aslida ikkala tomonning harbiy kuchlari holati qorong‘i. Menimcha, biz Ukraina armiyasidagi yo‘qotishlardan ko‘ra Rossiya harbiylarining yo‘qotish darajasi haqida ko‘proq bilamiz. Qaysidir ma’noda bu ikki bokschi o‘rtasidagi jangni tomosha qilishga, ammo jangda ulardan faqat bittasining imkoniyatini ko‘rishga o‘xshaydi.

Demak, urushning kelajagi haqida gapirsak, ehtimol, rus armiyasi yaqin haftalarda holdan toyishi va tanaffusga muhtoj bo‘lishi mumkin. Ular bo‘linmalarni qayta tashkil etishlari va qayta qurollantirishlari kerak bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, biz kelgusi haftalarda ehtimol to‘liq siyosiy kelishuv bo‘lmasa ham, qandaydir sulh bitimini ko‘rishimiz mumkin. Bu mening taxminim.

Shu bilan birga, bu vaqt davomida Rossiya harbiylarining ba’zi hududlarda shaharlarni qamal qilish orqali bosim taktikasini qo‘llashiga va Ukraina siyosiy elitasiga bosim o‘tkazish uchun aholi turar-joylariga zarba berishini ko‘rishimiz mumkin.

Ozodlik: Yuqorida aytib o‘tganlaringizdan tashqari, bu urush borasida sizni ko‘proq nima hayratda qoldirdi?

Kofman: Urush mohiyatan rus armiyasining katta qismidan sir saqlanganligi juda hayratlanarli. Shuning uchun ham rus harbiylari jismoniy va ruhiy jihatdan tayyor emas edi. Harbiy operatsiya uchun ulardagi jangovar ruh ham juda past edi. Bu o‘z navbatida, albatta, ustunlikni Ukraina tomoniga berdi. Ukrainaliklar katta qarshilik ko‘rsatdi, ular aqlli jang qildi, shahar joylashuvidan foydalanib Rossiya ta’minot chiziqlariga hujum qilishdi.

Bundan kelib chiqadiki, biz Rossiya armiyasining imkoniyatlarini qaysidir ma’noda oshirib yuborganmiz, Ukrainanikini esa past baholaganmiz.

Aftidan, Putin bu urushni maxsus harbiy operatsiya bo‘ladi deb o‘ylaganga o‘xshaydi. Rejaga ko‘ra, ular bir necha kun ichida qandaydir yo‘l bilan rejimni o‘zgartirishlari va Rossiyadan tashqarida Yevropadagi eng yirik davlat hukumatini ag‘darishlari kerak edi. Bunday taxminlar va rejalar shunchaki o‘zini-o‘zi aldash edi va amalga oshmadi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Проект "Активный гражданин" помогает делать Москву лучше


Спорт в России и мире
Москва

Курсант Пермского военного института Росгвардии принял участие в финале интеллектуальной олимпиады Приволжского федерального округа


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Камила Джорджи

Экс‑теннисистка Джорджи обвиняется в краже мебели и ковров на €100 тысяч — СМИ


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о достижениях национальных целей по экологии





Путин в России и мире
Москва

Глава МИД КНР Ван И заявил, что Пекин ценит позицию Москвы по Тайваню


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Президент Камеруна получил послание от Президента Лукашенко




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Зеленский заявил, что обеспокоен заявлениями республиканцев в США


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Сергей Шнуров

У Шнурова появились вопросы к журналистам после появления информации о задолженности по налогам



Москва

Два корпуса по реновации возведут на востоке Москвы

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net