Добавить новость
123ru.net
World News
Март
2021

Prezident xotin-qizlarni tabrikladi. Yana “Ayollar daftari” va kreditlar haqida gapirdi

0
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 - mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi “Kongress-xoll”da o‘tkazilgan tadbirda nutq so‘zlab, ayollarni tabrikladi.


Prezident o‘z tabrigida O‘zbekistonda ayollarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi. “Bundan buyon hech bir ayol e’tibordan chetda qolmaydi”,-deb va’da berdi u.


Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, keyigi 3 oyda respublika komissiyasi tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 80 ming nafar xotin-qizning muammolari hal etildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir ayollarning 32 ming nafari ish bilan ta’minlandi. Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan salkam 17 ming nafar xotin-qizga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.


“Birgina “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga imtiyozli kreditlar berildi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qariyb 215 ming oilaga 6 trillion so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratildi. Qariyb 55 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari tomonidan o‘qitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi”,-dedi prezident.


Uning aytishicha, “Besh muhim tashabbus” doirasida chekka hududlarda tikuvchilik sexlari tashkil etilib, 10 ming nafar ayol ish bilan ta’minlangan.


Tabrik nutqida aytilishicha, shu kungacha 1250 ayolga uy-joy sotib olish uchun qariyb 22 milliard so‘mlik boshlang‘ich badal to‘lab berildi.


“Bunday xayrli ishlar joriy yilda ham davom ettiriladi. Men bu borada kuni kecha yangi qarorni imzoladim. Unga ko‘ra, jamiyatda ayollarimizga bo‘lgan e’tiborni eng quyi bo‘g‘in – mahallagacha yetkazib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi yaratilmoqda. Bundan buyon O‘zbekistonda bironta ham ayol davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmaydi”,-dedi Shavkat Mirziyoyev.


Nutqi davomida prezident ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash bo‘yicha yangi qarorlar qabul qilinishini aytib o‘tdi. Jumladan, prezidentga ko‘ra, 2021 - yilda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan ayollar hamda yolg‘iz onasi qaramog‘ida o‘sgan qizlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida byudjetdan 210 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.


“Boshpanasi bo‘lmagan ayollarni ijara asosida “ijtimoiy uy-joylar” bilan ta’minlash uchun yana 211 milliard so‘m yo‘naltiramiz. Bundan tashqari, boquvchisini yo‘qotgan hamda o‘zgalar parvarishiga ehtiyojmand bo‘lgan xotin-qizlarga moddiy yordam berish va malakali tibbiy yordamga muhtoj ayollarni davolash uchun qo‘shimcha ravishda 110 milliard so‘m beriladi”,-dedi prezident.


Shu bilan birga, ayollar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun byudjetdan qo‘shimcha ravishda 600 milliard so‘m ajratiladi.


Shavkat Mirziyoyev ajralishlar soni ko‘pligidan tashvishda ekanini ham aytib o‘tdi. Prezident bergan ma’lumotda aytilishicha, o‘tgan yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketgan. Bu 2019 - yildagi ko‘rsatkichdan 3 mingga ozdir. Yarashtirilgan oilalar soni esa 23 ming bo‘lgan.


Shundan kelib chiqqan holda, prezident ayollar huquqini ta’minlash ustivor vazifalardan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.


“Aziz va muhtarama opa-singillar!



Sizlarni 8 - mart bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.


Doimo yaqinlaringiz, farzand va nabiralaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lib yurish nasib etsin!


Umringiz uzoq, baxtingiz ziyoda bo‘lsin!


Go‘zal bayramingiz muborak bo‘lsin!”-deb nutqini yakunladi Shavkat Mirziyoyev.

 





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net