Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News
Январь
2021

Andijondagi klaster fermerlarning paxta pulini ikki yildan buyon bermayapti

0
Andijondagi klaster fermerlarning paxta pulini ikki yildan buyon bermayapti

Andijon viloyat, Izboskan tumanidagi “Sohib omad baraka” klaster korxonasi, fermerlarning 2019 - yil uchun 2,6 milliard, 2020 - yil uchun 22 milliard so‘m paxta pulini to‘lab bermagan.

Fermerlarning aytishicha, 2020 - yilning paxta pulidan esa hali darak yo‘q.

Ayni paytda iqtisodiy sudga murojaat qilmoqchi bo‘layotgan fermerlar, klaster korxonasini shartnomadagi o‘z majburiyatini surunkali bajarmayotganidan shikoyat qilmoqdalar.

Klaster korxonasi buxgalteri fermerlarning qarzini uzish borasida harakat olib borilayotganini aytdi.

“Sohib omad baraka” klaster korxonasining ayni paytda 2019 - yil uchun fermerlardan 2 milliard 600 million so‘m paxta puli qarzi bor.

Ismi sir qolishini so‘ragan fermerning aytishicha, klaster paxta pulini to‘lamagani sabab, soliq, lizing, kredit foizi oshib bormoqda:

“Klasterning hisob raqamiga tashlangan imtiyozli kredit yonilg‘i, mineral o‘g‘it, texnika xizmatlariga bo‘lib-bo‘lib berilardi. Lekin klaster faqat neft mahsulotlariga pul to‘lab berdi, o‘tgan yili moshina qo‘y-molimizni sotib soliqqa, lizingga penyasi bilan to‘ladik. Bu yil yana soliq va lizingga penya foiz tug‘ib yotibdi, chunki hozirgacha bir so‘m ham to‘lamadi”.

Fermerning aytishicha, klaster 2019 - yil uchun 50 ortiq fermerdan 30-70 million so‘mgacha bo‘lgan qarzini shu paytgacha uzmagan.

“O‘tgan yili klasterni 102 ta fermer viloyat iqtisodiy sudiga bergan edi, oxirida biz 12 fermer qoldik. Sudda yutib chiqdik. Bizga 30 milliondan pul tashlab berdi. Endi MIBdan taqiqni olish uchun sizlar penyani oldik deb qo‘l qo‘yib beringlar, biz qolgan penyani uch kunda to‘laymiz, deb sudda aytishdi. O‘rtaga tuman rahbarlari tushdi, mayli endi tumanni sharmanda qilmanglar, deb. Biz endi u erkakcha lafz qildi deb, o‘zbekligimizga borib qo‘l qo‘yib beribmiz. Keyin u pul shunday to‘lanmay qolib ketdi”.

Ismi sir qolishini so‘ragan boshqa fermerning aytishicha, klasterdan ular yil davomida birjadagi narxdan qimmat bo‘lgan mineral o‘g‘it olishga majbur bo‘lgan:

“Masalan o‘tgan yil selitraning har kilosini biz 5800 so‘mdan olishga majbur bo‘ldik, vaholanki uni birjadan 4800 so‘mdan olsa bo‘lar edi. Lekin eng yomoni hozir bizga paxta narxini sortini pasaytirib, arzon to‘layapti. Masalan 4800dagi sortda sotib olgan, endi esa 4300 so‘mdan to‘laymiz, deyapti. Masalan men 100 tonna paxta topshirgan bo‘lsam, kilosidan 500 so‘mdan yutqazyapman. 50 million so‘m menga zarar bo‘lyaptiku. Nega bular bunaqa g‘irrom o‘yin qiladi. Shu sortda oldingmi, endi mard bo‘lib pulini to‘la. Klaster nima desa shu bo‘lyapti, fermerning huquqini na hokim himoya qiladi na boshqasi”.

Suhbatdoshning aytishicha, yuzlab tonna paxta topshirgan fermerlarning hozir cho‘ntagida hemiri ham qolmagan:

“Pulsiz fermer nima degani? Mahsulotingni sotib olib, 31 -  dekabrgacha pulini beraman degan klaster ertaga yangi hosil uchun fermerning puli bo‘lishi kerakligini biladimi? Yo‘q, bilmaydi. Chunki ular osmondan tushgan odamlar, dehqonga nima kerak, qachon kerakligini ham tushunmaydi? Shartnomani bajarishni esa xayoliga ham keltirmaydi. Chunki, u tumanda bitta, fermerning boshqa klasterga borib paxtamni sotib ol deydigan imkoniyati yo‘q. Shu tumanga bitta shu Xudo urgan klaster, shu bilan ishlashga majbursan. Hozir plyonkaga, tomchilatib sug‘orishga pul o‘tkazishimiz kerak, bug‘doyga o‘g‘it solish kerak unga pul o‘tkazish kerak. Qayerdan olaylik, yoki normalni klaster qo‘ysin yoki yig‘ishtirib olsin bu klaster plasterini, biz avvalgidek davlatning o‘zi bilan ishlayveraylik!”

“Sohib omad baraka” klaster korxonasi rahbari Erkinbek Noraliyevning mobil telefoni o‘chirilgani bois u bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi.

O‘zini klaster korxonasi hisobchisi Murod deb tanishtirgan mulozim, korxona fermerlarning paxat pulini bermayotganini tan oldi va bu muammoni hal qilish uchun tegtishli choralar ko‘rilayotganini aytish bilan cheklandi.

Hisobchi qanday tegishli choralar ko‘rilayotganini Ozodlikka ochiqlamadi.

O‘zbekistonda klaster korxonalarining paxta pulini fermerlarga shartnoma muddati – 31 - dekabrga qadar to‘lamayotgani birinchi hodisa emas.

Izboskan tumanidagi “Best Textile International” klaster korxonasi paxta chopgan ketmonchi ayollarning ish haqlarini bermayotgani haqida Ozodlik o‘tgan yili xabar bergan edi.

Fermerlarga ko‘ra, “Best Textile International” va “Sohib omad baraka” klaster korxonasi rahbari bir shaxs. Lekin fermerlar uning kimligini ham bilmasligini aytishdi.

Ozodlik bundan avval ham o‘nlab tumanlarda paxta pulini o‘z vaqtida ololmagan fermerlar muammolarini yoritgan edi.

O‘tgan hafta Xorazm viloyatidagi  78 ta fermer xo‘jaligi rahbarlari “Shovot Tekstil” klaster korxonasiga qarashli “Textile Finance Khorezm” MChJ bilan ishlashdan bosh tortgan. Shovotlik fermerlar yirik tadbirkor Farhod Mamajonov nazorat qiladigan “Uztex Group” ni yetkazib berilgan paxta uchun  kam haq to‘lash va klaster manfaati ko‘zlangan  shartnomani imzolash yo‘lida  bosim o‘tkazishda ayblashgan.

14 - yanvar kuni Ozodlik bilan suhbatda fermerlar  bundan so‘ng faoliyatlarini o‘zlari tashkil qilgan “Shovot Paxta kooperatsiyasi”da davom ettirishlarini aytishgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин. Главное за день


Спорт в России и мире
Москва

Спортсмен Росгвардии занял второе место в личном многоборье на Играх БРИКС


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Борис Беккер

«Наконец-то всё началось». Борис Беккер побывал на матче открытия Евро-2024


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Более 1 700 электробусов курсируют по автобусным маршрутам столицы





Путин в России и мире
Москва

Эрдоган рассказал о переговорах Фидана и Путина на тему выборов в курдских районах в Сирии


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко обратился к Рамафосе




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Трамп назвал Зеленского «величайшим торговцем» и пообещал разобраться с траншами Киеву


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Концерт

Театр и Цирк, Культура и Концерт, Россия и Дети: ГосЦирк в Бурятии дает зрителям силу для новых дел и проектов в жизни



Москва

Французский политик Филиппо: НАТО ускоряет движение к войне

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net