Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News
Ноябрь
2020
1 2 3 4
5
6 7
8
9 10 11 12 13
14
15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30

Rasmiy ishsizlik darajasi kamaydi. Ishsiz qolgan o‘qituvchilar soni ochiqlanmayapti

0
Rasmiy ishsizlik darajasi kamaydi. Ishsiz qolgan o‘qituvchilar soni ochiqlanmayapti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 14 - noyabr kuni e’lon qilgan hisobotida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida mamlakatda  ishsizlik darajasi 11,1 foizni tashkil etganini e’lon qildi.

Bu ma’lumot ayni idoraning joriy yil birinchi yarmi yakunlariga oid avgust oyida e’lon qilgan hisobotidagi ko‘rsatkichdan 2,1 foizga kamdir.

Avvalgi hisobotda vazirlik ishsizlik darajasi 13,2 foizga yetganini COVID-19 bilan izohlagan edi. Yangi hisobotda kasallik haqida hech narsa deyilmagan.

Mehnat vazirligi ishsizlik darajasi pasayganini e’lon qilgan  bir paytda o‘rta-maxsus ta’lim tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar tufayli yuzlab o‘qituvchilar ishsiz qolayotgani ma’lum bo‘ldi.

Nonga ham puli qolmagan o‘qituvchi

Namanganlik Shohista Salomova (ism o‘zgartirilgan) 45 yoshda. Turmushga bergan qizidan boshqa farzandi yo‘q. O‘zi yolg‘iz yashaydi. 2020 - yilning 1 - iyunigacha bu ayol Namangandagi kasb-hunar kollejlaridan birida o‘qituvchilik qilgan.

“Oxirgi marta mayning oyligiga qo‘shib bir million so‘mdan berishdi. Ishdan bo‘shaganimiz uchun kompensatsiya puli ekan, o‘sha bir million. O‘shandan beri ,mana ,oltinchi oy ishsizman”, - dedi o‘qituvchi ayol.

Ozodlikka murojaat qilgan Shohista Salomova bilan 16 - noyabrda bog‘langanimizda u uyiga endigina kelib turgani, ertalabdan buyon ish izlab ikki idoraga borganini aytdi:

“Avval mehnat birjasiga bordim, ko‘chib ketgan ekan. Keyin hokimlikka bordim. Men izlagan odam bugun ishga kelmabdi”.

 

Shohista Salomova Ozodlikka yo‘llagan murojaatida “Ishonsangizlar nongayam pulimiz qolmadi. O‘zbekistonda juda ko‘p o‘qituvchilar och, pulsiz, chorasiz qoldi”, deb yozgan.

Bu xat ortidan qilingan muloqot chog‘ida Shohista Salomova kollejlar tugatilganidan so‘ng u bilan birga ishlagan o‘qituvchilarning bir qismi – diplomi umumta’lim maktablariga to‘g‘ri keladiganlari – maktablarga ishga joylashgani, biroq  aksariyat o‘qituvchilar ishsiz qolganini aytdi.

Ishsiz qolgan o‘qituvchi ko‘p

“Men maktabga ishga joylashishim uchun malaka oshirish kurslarini bitirishim kerak ekan, kurslar esa pullik ekan, to‘lashga pulim yo‘q”, dedi Shohista Salomova.

Namanganlik o‘qituvchinikiga o‘xshash gapni Toshkent viloyatidagi sobiq kollej, hozirda kasb-hunar maktabi direktoridan ham eshitdik. “3 oylik malaka oshirish kurslarida o‘qish uchun 4 million so‘m to‘lash kerak”, - dedi direktor.

Biroq Ozodlikda bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati kun davomida qilingan qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi. Yana bir savol - kollejlar tugatilishi tufayli qancha o‘qituvchi ishsiz qoldi, degan savolga ham hozircha rasmiy javob yo‘q. Bunday javobni bitta vazirlikdan olish ham imkonsiz – yuzlab kollejlar yo‘nalishiga qarab vazirlik va idoralar tasarrufiga o‘tkazib berilgan.

Namanganlik Shohista Salomova  qancha hamkasbi o‘ziday ishsiz qolganini bilmaydi. Toshkent viloyatilik kasb-hunar maktabi direktorining aytishicha, u boshqargan sobiq kollejning 50 dan ortiq o‘qituvchisidan 15 nafari ishsiz qolgan. Qolganlarining bir qismi maqomi o‘zgartirilgan kollejning o‘zida, bir qismi esa o‘rta maktablarga ishga qabul qilingan. Mamlakat bo‘ylab 1214 ta kasb-hunar kolleji bor edi.

Diplomi umumta’lim maktablari uchun yaroqsiz bo‘lganlar ishsiz qolayotgan bir paytda o‘zlarini ishli, deb hisoblayotgan va sentyabrdan buyon kasb-hunar maktablarida ishlayotgan o‘qituvchilar ham “yashirin ishsizlar armiyasi jangchilaridir”: ularni rasman ishga qabul qilishga izn beradigan hujjat 11 - noyabrda qabul qilingani to‘g‘risida Ozodlik xabar qildi.

"Yozuvchi" o‘qituvchilardan qo‘rqishadi"

Soha gazetasi – “Ma’rifat”ning Farg‘ona viloyatidagi muxbiri Sharifa Murodovaning aytishicha, kollejlardan bo‘shatilgan o‘qituvchining maktabga ishga olinishi uchun diplomi mavjudligi yetarli emas. Jurnalist viloyat tumanlaridan biri xalq ta’limi bo‘limi mudiri muovinining kuni kecha o‘zaro suhbatda “yorilib” aytganini eslab, bunday dedi:

“Kollejda ishsiz qolgan o‘qituvchi ish so‘rab rayONOga kirgan. Tarixchi. Ammo unga “dars yo‘q, bizga tarix o‘qituvchisi kerak emas”, deyishgan. Keyin men do‘stona vaziyatda, jurnalist emas, tanish sifatida rayONO mudiri muovinidan nimaga bu yigitni ishga olmayapsizlar, desam "ey, bu bir nima bo‘lsa, darrov portalga yozadi. Bu bilan ishlab bo‘lmaydi” deyishdi”.

Vazirlik ishsizlikni 3 oyda 2 foizga "kamaytirdi"

Kollejlar tugatilishi tufayli ishsiz qolganlar hamda sentabrdan buyon kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda de-fakto ishlab, shtatlar jadvali yo‘qligi tufayli ikki yarim oydan buyon maosh olmayotganlarni Mehnat vazirligi ishsizlar sifatida qayd etganmi, yo‘qmi – noma’lum.

Biroq bu vazirlikning umumiy vaziyatdan xabari borday. Bu idora 14 - noyabrda O‘zbekistonda 2020 - yilning yanvar-sentabr oylarida ishsizlik darajasi 11,1 foizni tashkil etganini, joriy yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 2,1 foizga kamayganini xabar qildi.

Vazirlik bunday xulosaga sentabr oyida Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan 108 ta shahar va tumanda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga asosan kelganini ma’lum qildi. Vazirlik hisobotida juda ko‘p raqamlar keltirilgan, ular bilan mana bu yerda tanishish mumkin.

Mehnat vazirligi joriy yilning birinchi yarmida ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etganini avgustda xabar qilgan va bu holatni “COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin chora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi”, deya izohlagan edi.

Biroq kuni kecha e’lon qilingan hisobotda COVID-19 haqida hech narsa deyilmagan. Go‘yoki kasallik yengildi va natijada iyun, iyul, avgust oylarida mamlakat bo‘ylab 468,5 ming kishi ishli bo‘lib qoldi.

Mehnat vazirligining bu ma’lumotiga ishonish o‘ziga xos “e’tiqod masalasi” – yo ishonasiz, yoki ishonmaysiz, chunki qayta hisoblab, tekshirib ko‘rish imkonsiz.

Ishonasizmi?

Bu savolni “Ma’rifat” gazetasining Farg‘ona viloyatidagi muxbiri Sharifa Murodovaga berdik. Mana uning javobi:

“Karantin tufayli qishloqlarda har yili ustachilikka chiqib ketadigan erkaklar uyda qolib ketdi. Odamlarda pul yo‘qligi uchun uy qura olmadi, uyini remont qilolmadi. Endigina trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni boshlagan tadbirkorlar chegaralar yopiqligi uchun ishini to‘xtatdi. Chunki o‘sha mahsulotlarni qo‘shni davlatlarga olib chiqib ketishardi. 20-30 kishi ishlaydigan trikotaj sexlari, konditer mahsulotlari ishlab chiqaradigan sexlar ham ishini to‘xtatdi. Hozir ham ba’zilari ish boshlagani yo‘q”.

Ishonasizmi, degan savolimizga javoban dramaturg Sanjarali Imomov Birinchi prezident davrida eshitgani bir gapni eslash bilan javob berdi:

“Karimov davrida vazirligu hokimiyatlarda mas‘ul lavozimlarda ishlagan bir tanishim soxta bo‘sh ish o‘rinlari qanday yaratilishini aytib bergan edi. Ish boshlayotgan tadbirkor hokimiyatga litsenziya olgani kelsa, mas’ul shaxs tadbirkordan "Ish boshlagach, necha kishini ish bilan ta’minlay olasan?"deb so‘raydi. Tadbirkor, masalan, "Uch yoki besh odamni ishga olaman, keyinchalik ish rivojlanib ketsa, nasib etsa elliktagacha odamni ishga olaman", deb aytadi. Shunda hokimiyatdagi odam "Unda sen 50 kishiga ish o‘rni yaratyapman", deb yozib ber", deb talab qo‘yadi. Tadbirkor litsenziyadan mahrum bo‘lmaslik uchun majburan yozib beradi. Bu o‘sha paytda tuman va viloyat hokimiyatlarida ommaviy ko‘zbo‘yamachilikka aylangan. Xuddi yo‘q paxtani qo‘shib yozgandek. Bu lo‘ttivozlik bosh vazir Shavkat Mirziyoyev janobi oliylari paytida bo‘lgan. Demoqchimanki, bu sohtagarchilik o‘sha paytdan shu kunimizga qadar urf, an’ana bo‘lib kelyapti”.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yillarda "qog‘ozda yiliga 1 million ish o‘rni yaratilgani" haqidagi hisobotlar  yolg‘on bo‘lganini tan olgan va rasmiylarni bu  kabi ko‘zbo‘yamachilikdan voz kechishga chaqirgan.

Buning ortidan rasmiy hisobotlardagi ish o‘rinlari "bir necha yuz ming"ga qisqardi.

Ayni paytda prezident vazirlik va hokimiyatlarni yetarli darajada ish o‘rinlari yaratmayotgani uchun tanqid qilib keladi.

O‘tgan hafta pandemiya boshidan buyon 400 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari xorijiy davlatlar, asosan, Rossiyadan vatanlariga qaytarilgani ma’lum qilindi.

Mahalliy tahlilchilarga ko‘ra, so‘nggi rasmiy hisobotdagi ishsizlar sonining kamayishi Rossiyadan qaytgan mehnat migrantlarining bir qismi kam ish haqi to‘lanadigan ishlarni egallagani yo-da o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tganlari hisobiga bo‘lishi mumkin.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин заявил о росте инвестиций в Москву из-за импортозамещения


Спорт в России и мире
Москва

Поражения Шубенкова и Савлукова, осечка Кнороз и двойной триумф Макаренко: чем запомнился «Мемориал Знаменских»


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Ролан Гаррос

Семнадцатилетняя Андреева впервые сыграет в полуфинале турнира Большого шлема


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Красноярский музыкальный театр представил проект театральной экосистемы будущего





Путин в России и мире
Москва

Захарова объяснила слова Путина о поставках оружия в другие страны


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Концерт

Концерт «Пой, танцуй!» состоится 19 июня в Новокосино



Москва

Гостиницу с кирпичным фасадом построят в Сергиевом Посаде

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net