Добавить новость
123ru.net
World News
Ноябрь
2019

Emmanuel Makron Parijda Emomali Rahmon bilan muloqot qildi. Rahmon soqchilari va muxolifatchilar mushtlashdi

0
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 8 noyabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muloqot o‘tkazdi. Ayni kuni Parijda prezident Rahmon tansoqchilari va muxolifat faollari o‘rtasida mushtlashuv bo‘ldi.  


"Reuyters" agentligining yozishicha, ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvi Parijdagi Yelisey saroyida bo‘lib o‘tdi.


Muloqot tafsiloti ma’lum emas.


Prezident Rahmonning Yevropa mamlakatlariga rasmiy safari 4 noyabrda Shveysariyadan boshlandi va 12 noyabrga qadar davom etadi.


Prezident Rahmon 7 noyabrda Fransiyaga yo‘l oldi va dastlab Parijda Jahon Ismoiliylari rahbari Og‘oxon IV va Fransiyadagi yirik shirkatlar rahbarlari bilan uchrashdi.


Uning Fransiyaga safari arafasida kamida ikkita xalqaro inson haqlari tashkiloti Emmanuel Makronni Tojikistonda muxolifatning yo‘q etilishi, muxolif qarashdagi shaxslarning hibsga olinishi, qiynoqqa solinishi va so‘z erkinligining cheklanishiga "ko‘z yummaslikka" chaqirdi.


Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti Yevropa Ittifoqi rahbarlari, jumladan Emmanuel Makronga rasmiy maktub yo‘llab, ularni Tojikiston bilan aloqalarni yaxshilash barobarida bu mamlakatdan so‘z erkinligini yaxshilashni talab qilishga chaqirdi.


Tashkilotning ma’lum qilishicha, 2016 yildan buyon 20dan ko‘proq jurnalist bosimlar tufayli Tojikistonni tark etgan.


Muxolifat namoyishi va mushtlashuv




8 noyabrda Parijda "Milliy Kelishuv" va "24 guruhi" kabi tashkilotlar faollaridan iborat bir guruh tojik muxolifatchilari e’tiroz namoyishi o‘tkazib, Tojikiston prezidentining Fransiyada kutib olinishini "sharmandalik" deya baholadilar. 


Tojikistonda faoliyati taqiqlangan bu ikki guruh faollari siyosiy mahbuslarni ozod qilish, qamoqxonalarda qiynoqlarga chek qo‘yish va shaffof saylovlar o‘tkazishni talab qildilar.


Bu talablarga Tojikiston rasmiylari hozirga qadar rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.


Turli axborot agentliklari va ijtimoy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 8 noyabrga o‘tar kechasi "24 guruhi"ning bir necha faoli Tojikiston prezidenti va fransiyalik sarmoyadorlar muloqoti bo‘lib o‘tayotgan bino yaqinida prezident tansoqchilari bilan to‘qnashgan.


Mushtlashuv va o‘zaro haqoratlar bilan o‘tgan bu mojaro politsiya kuchlarining aralashuvi bilan nihoya topgan.


Tojikiston prezidenti xavfsizlik xizmati ushbu voqeaga hozirga qadar izoh bergani yo‘q.





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net