Добавить новость
123ru.net
World News
Май
2019

Rossiya hukumati vakillari O‘zbekiston uchun Moskva Vashingtondan afzalroq ekanini uqtirishga urindi

0
Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd dollarga yetkazishni ko‘zlamoqda.


Urganchda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo qo‘shma komissiya majlisida so‘zga chiqqan rossiyalik mulozimlar Rossiya O‘zbekistonga AQShdan ko‘ra “afzalroq hamkor” ekanini uqtirishga urindi.


Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun 29 may oqshomida O‘zbekistonga yetib keldi.


Rossiya va O‘zbekiston hukumatlararo qo‘shma komissiyaning Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida gapirarkan, Dmitriy Medvedev yaqin orada ikki davlat o‘rtasida tovar ayirboshlash keskin o‘sishini bashorat qildi:


- Savdo aylanmamiz yaqin orada 20-25% oshib, 4,5 mlrd AQSh dollariga yetgani borasida aytgandim. Musbat dinamika saqlanib qolmoqda va joriy yilda aylanmasi 10 foziga oshirildi va o‘zaro savdo ayirboshlash 10 mlrd dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.


Medvedev ikki mamlakat savdo aloqalarining o‘sishi MDH davlatlari orasida eng yuqori ekanini ham ta’kidlab o‘tdi. U O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida savdodan tashqari iqtisodiy, sanoat, energetika, investitsiya, transport, qishloq xo‘jaligi va yuqori texnologiyalar sohalarida hamkorlik jadal rivojlanishiga ishonch bildirdi.


Buning uchun, Dmitriy Medvedev so‘zlaricha, 2024 yilgacha rejalashtirilgan hukumatlararo dastur asosida turli sohalarda 109ta loyiha ishlab chiqilgan:


- Sarmoya kiritish sohasida Rossiya O‘zbekiston uchun eng jiddiy hamkor bo‘lib qolmoqda. Bu sohada sarmoyalar umumiy hajmi 9 mlrd dollarga yetdi, Rossiya kapitali ishtirokida 1100 korxona ishlayotgani ma’lum.


Bosh vazirlar Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripovlar o‘rtasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomlarni  va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish va Moskvaning VDNX ko‘rgazmalar markazida “O‘zbekiston” pavilonini ishga tushirish borasida hujjatlar imzoladi.


Urganchdagi yig‘ilishda Medvedevdan tashqari ikki taraflama munosabatlar borasida Rossiya hukumatining boshqa vakillari ham so‘zga chiqdi.


Jamoatchilik e’tiborini, ayniqsa, Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Oreshkin so‘zlari o‘ziga tortdi.


O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ikki taraflama hamkorlikni jadallashtirishga chaqirgan iqtisodiyot vaziri Maksim Oreshkin Rossiya O‘zbekiston uchun AQShga nisbatan “jiddiyroq hamkor” ekani to‘g‘risida mulohaza yuritdi.


- Bu uchrashuvimiz Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish nima uchun kerakligini anglash uchun muhimdir. Bugun ertalab o‘qib qoldimki, AQSh prezidenti maslahatchisi Bolton Markaziy Osiyo mintaqasi AQSh uchun Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi qandaydir bir alohida mintaqa sifatida muhimligi borasida gapiribdi. Ya’ni u AQShning Xitoyga qarshi turishida ahamiyatlidir, degan Maksim Oreshkin.


Iqtisodiyot vaziri AQShdan farqliroq O‘zbekiston Rossiya uchun “madaniy, insonparvarlik nuqtai nazaridan chuqur hamkor” ekaniga urg‘u berdi va O‘zbekiston sobiq Ittifoq hududida “Rossiyadan keyingi eng jadal o‘sib borayotgan iqtisodiyotlardan biriga aylanishi” to‘g‘risida maqtovlarni ayamadi.


Shuningdek, Maksim Oreshkin Moskva va Toshkent Rossiyaning O‘zbekistondagi migratsiya vakolatxonalarini ochishni rejalashtirayotganini yana bir marotaba eslatib o‘tdi. Uning aytishicha, Moskva Rossiyaga ishlagani kelayotgan muhojirlar malakasini oshirishdan manfaatdor va bu sohada turli loyihalarni amalga oshiradi.


Oreshkin ikki davlat rahbarlari Atom elektrstansiyasini qurishni boshlash uchun zaruriy hujjatlarni yil oxirigacha imzolashini ta’kidlab, undan keyin Rosatom ikkita VVER-1200 reaktor qurilmalariga ega “3+” energobloklar avlodini qurishini e’lon qildi. Rossiya hukumati O‘zbekistonda AES qurilishini 2022 yilda boshlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.


30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev ham Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net