Добавить новость
123ru.net
World News
Апрель
2019

TIV: Qozog‘istondagi avtohalokatda jabrlanganlar yurtiga qaytarildi

0
Qozog‘istonning Qorday tumanidagi avtobus halokatida jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi.


Tashqi ishlar vazirligining xabar qilishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligidagi hukumat komissiyasi Qozog‘istonga borgan.


Xabarda aytilishicha, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Hukumat komissiyasi Qorday tumaniga borgan va barcha rasmiy jarayonlar tugaganidan so‘ng - 21 aprel kuni - turli darajada shikastlangan vatandoshlar reanimobillarda Qozog‘iston hududidan Bishkekka olib ketilgan.


U yerdan esa Favqulodda vaziyatlar vazirligining (FVV) xabar qilishicha, hukumat komissiyasi prezident Shavkat Mirziyoev topshirig‘i bilan - Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralar mutaxassislaridan tuzilgan.


FVV maxsus borti bilan Bishkekdan O‘zbekistonga olib borilgan shaxslarning ro‘yxati ham e’lon qilindi:


1. O‘ljabaev Abbos, tug‘ilgan vaqti 21.01.1994-y.;


2. Xaitbaev Umirbek, tug‘ilgan vaqti 22.06.1985-y.;


3. Axmedova Radmila, tug‘ilgan vaqti 05.08.1994-y.;


4. Matchanov Otabek Abdullaevich, tug‘ilgan vaqti 22.04.1985-y.;


5. Seytmuratov Dustdjan Dauletovich, tug‘ilgan vaqti 22.02.1987-y.;


6. Xaydarov Sardar Anarbek o‘g‘li, tug‘ilgan vaqti 09.05.1994-y.;


7. Ilyasov Maris, tug‘ilgan vaqti 1974-y.;


8. Mambetov Nasridin, tug‘ilgan vaqti 09.05.1971-y.;


9. Jabbarov Shodlik Maxsudovich, tug‘ilgan vaqti 25.12.1984-y.


20 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat tonggi 5 larda Qozog‘istonning Jambul viloyati Qorday tumanidan o‘tuvchi "Chimkent-Olmaota" yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida 49 yo‘lovchi bilan borayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragandi


Oqibatda vafot etgan 11 yo‘lovchining 3 nafari O‘zbekiston vatandoshi bo‘lib chiqdi. Shuningdek, jarohatlangan 32 yo‘lovchining 13 nafari ham o‘zbekistonlikdir.


20 aprel kuni jabrlangan 9 o‘zbekistonlik yurtiga olib borilgan edi.


TIV e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, nobud bo‘lgan 3 o‘zbekistonlikning jasadi Qorday morgida qolmoqda. Ularning shaxsi aniqlanganidan so‘ng O‘zbekistonga olib kelinishi aytildi.


Bu kabi avtohalokatlar Qozog‘istonda tez tez uchrab turadi.


Bundan ikki yil muqaddam Qozog‘istonda ro‘y bergan avtahalokatda 9 kishi halok bo‘lgan va ularning aksariyati O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aytilgandi.


O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi Qozog‘iston yoki Rossiyaga ishlash uchun ketayotganda harakatlanish vositasi sifatida avtobuslarni tanlashadi.


O‘tgan yili Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Rossiyaga yo‘l olgan avtobusning yonib ketishi oqibatida o‘zbek vatandoshlari bo‘lgan 52 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net