Добавить новость
123ru.net
World News
Ноябрь
2018

Chernogoriyadagi fitnaga qatnashgan yana bir rossiyalik josus fosh qilindi

0
Bellingcat tergov guruhi bilan Rossiyadagi The Insider vebsayti Rossiya Razvedka bosh boshqarmasining (GRU) 2016 yili Chernogoriyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga aralashgani gumon qilinayotgan ikkinchi zobiti kimligini oshkor qildi.


Chernogoriya hokimiyat idoralari Rossiyaning ikki nafar GRU zobitini amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishida ayblab chiqdi. Rossiyalik zobitlarning maqsadi ushbu kichik Bolqon mamlakatining NATOga qo‘shilishiga qarshilik ko‘rsatish bo‘lgan.


Chernogoriyaning harbiy ittifoqqa a’zolik istagiga qarshi bo‘lgan Moskva ayblovlarni rad etdi.


Chernogoriya o‘tgan yil iyunida NATO safiga qo‘shildi. 


Bellingcat bilan The Insider oldinroq ilk gumon qilingan GRU zobiti sifatida Eduard Shishmakov nomini e’lon qilgan edi. 22 noyabrda esa, ikkinchi gumonlangan shaxsning ismi aniqlaganini va u Vladimir Moiseev ekanini ochiqladi.


Chernogoriyalik prokurorlarga u Vladimir Popov ismi bilan ma’lum bo‘lgan.


Bellingcat bilan The Insider bergan ma’lumotga ko‘ra, GRU Moiseevni 2000 yillarning o‘rtasida Rossiyaning Sibir qismida joylashgan Tyumen shahridagi akademiyada o‘qib yurgan paytda yollagan. Ushbu akademiyada radiosignallarni shifrlashdan tortib, bombani uzoqdan turib portlatishga ixtisoslashgan harbiy muhandislar tayyorlanadi.


Keyinchalik uning GRU maxsus harbiy-havo qo‘shinida xizmat qilgani, 2008 yili Rossiya bilan Gruziya o‘rtasida bo‘lginchi mintaqalar -  Janubiy Osetiya bilan Abxaziyadagi harbiy amaliyotlarda qatnashgani aytiladi.


2012 yildan 2016 yilgacha Moiseev soxta “Vladimir Popov” ismi bilan go‘yo fotomuxbir va jurnalist sifatida Yevropa mamlakatlariga tez-tez safar qilib turgan.


Chernogoriya o‘tgan yili NATOning 29-a’zosi bo‘ldi. Uning bu qadamini Rossiya keskin tanqid qilib chiqdi. Shu bilan birga Rossiya bilan qalin munosabatlar tarafdori bo‘lgan ayrim chernogoriyaliklar ham NATOga a’zolikka qarshilik ko‘rsatdi.


Chernogoriya hokimiyat idoralariga ko‘ra, serb va rus millatchilari 2016 yilgi parlament saylovi chog‘ida parlamentni egallab olish uchun fitna uyushtirib, o‘sha paytda bosh vazir bo‘lgan Milo Jukanovichga suiqasd qilish va Chernogoriyaning NATO ga qo‘shilishiga xalaqit berish uchun rossiyaparast rahbariyatni hokimiyatga tepasiga keltirishga uringan edi.





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net