Добавить новость
123ru.net
World News
Ноябрь
2018

Ota-onasi ish izlab ketgan besh yarim yashar qiz zo‘rlangani yuzasidan tergov boshlandi

0
Farg‘ona viloyat, Uchko‘prik tuman, Qo‘qonboy qishlog‘ilik besh yarim yashar qiz 18 noyabrda qishloq atrofidagi ovloq joyda xushsiz topildi.


Qo‘qonboy qishlog‘i faollaridan birining Ozodlikka iddao qilishicha¸ qiz zo‘rlab tashlab ketilgan.  


Uchko‘prik tuman IIB boshliq o‘rinbosari Ozodlik bilan suhbatda besh yarim yashar qizni zo‘rlash jinoyati bo‘yicha maxsus guruh ish olib borayotgani va jinoyatchini ushlashga shaxsiy tarkib safarbar qilinganini” bildirdi.


Jinoyat ishi "balog‘atga yetmagan qiz bilan bog‘liq bo‘lgani bois, barcha tafsilotni matbuotga ayta olmaymiz", dedi IIB rahbar muovini.


Uning yana aytishicha¸ 20 noyabr kuni ayni masalani o‘rganish uchun Uchko‘prik tumaniga respublika Bosh prokuraturasidan vakil kelgan.


Qiz bilan psixolog ish olib bormoqda


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati “bu holat o‘rganilayotganligini” Ozodlikka bildirdi. Prokuraturaga ko‘ra¸ "qiz bilan psixolog ish olib bormoqda".


Hali hech kim hibsga olinmadi


Farg‘ona viloyat IIB mulozimi Ozodlik bilan suhbatda ayni jinoyat bo‘yicha tergovoldi surishtiruvi tugagani va O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 118-moddasi ("Nomusga tegish") bo‘yicha tergovchilar faoliyat olib borayotganini bildirdi. Mulozimga ko‘ra¸ “nomusga tegish” jinoyati bo‘yicha gumonlanganlar tekshirilmoqda, ammo hozircha hech kim hibsga olinmagan.


Ota-onasi ishlashga ketgan edi


Ozodlik qizning qarindoshi bilan suhbatlashdi. Uning aytishicha¸ qizning ota-onasi Qozog‘istonga ishlashga ketgan¸ qizaloqqa keksa qarindoshlari qarab turgan:


- To‘rt kun burun yo‘qolib qoldi. Qishloq chetiga o‘lar holatda tashlab ketishibdi. Qizcha uch kun Uchko‘prik tuman kasalxonasida yotdi, bugun uni viloyatga olib ketishgan. Ahvoli og‘ir.


Ozodlik qiz davolanayotgan viloyat kasalxonasi vrachi bilan bog‘landi.


Vrach qizning ahvoli yaxshilanayotgani va sud-tibbiy ekspertiza tayinlanganini bildirdi.


Farg‘ona viloyatida balog‘atga yetmagan qizlar zo‘rlangani haqidagi xabarlar keyingi oylar mobaynida bir necha bor matbuot yuzini ko‘rdi.


Qo‘qon shahridagi Maxsus yengil sanoat qizlar kollejida bir necha xodimlar, xususan kollej direktori o‘tgan oyda jinsiy zo‘ravonlik aybi bilan hibsga olingan edi.


Farg‘ona viloyat, Beshariq tuman sudi ayni tumanda joylashgan avtomobil yuvish shaxobchasida voyaga yetmagan qizni zo‘rlash holati yuzasidan jinoyat ishini  joriy yil avgust oyidan beri ko‘rib chiqmoqda.





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net