Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News
Ноябрь
2018

Yarim million dollarlik uyi sud qarorisiz buzilgan investorning prorablari qamab qo‘yildi

0
Yarim million dollarlik uyi sud qarorisiz buzilgan investorning prorablari qamab qo‘yildi

Toshkentlik 28 yashar tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jaevning yaqinda buzib yuborilgan imorati qurilishida prorab bo‘lib ishlaydigan 29 yashar Abror Sayfuddinov va 40 yashar Shuhrat Ahmedov Mirzo Ulug‘bek tuman IIB vaqtinchalik tergov izolyatoriga 13 noyabr kuni qamab qo‘yildi.

Prorablar ishlagan “Unique arh project” shirkati muxandisining Ozodlikka aytishicha, bu ikki prorab "uy qurilish chog‘ida texnika xavfsizligiga amal qilmaganlikda" gumon qilinib, Mirzo Ulug‘bek tuman IIB tergovchisi tarafidan 48 soat muddatga tergov izolyatoriga qamab qo‘yilgan.

Shu bilan birga shirkatning viloyatlardan kelib ishlayotgan quruvchilari pasportlari IIB tergovchisi tarafidan  olib qo‘yilgan.

Muhammadbobur Xo‘jaev Mirzo Ulug‘bek tumanida qurgan 3 qavatli turar-joy bino 4 noyabr kuni Bosh vazirning og‘zaki buyrug‘i bilan buzib tashlangan edi.

Muhammadbobur Xo‘jaevning 14 noyabr kuni Ozodlikka aytishicha¸ sud qarorisiz chiqarilgan bunday noqonuniy harakatga e’tirozi ommaviy axborot vositalarida chiqqanidan keyin u shahar hokimiyati va huquq- tartibot organlarining kuchli bosimi ostida qolgan:

- Men bir kunning o‘zida 620 ming AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rdim. Barcha ruxsatnomalarini rasmiylashtirilib qurgan uyimni bir kechada sud qarorisiz buzilgani haqida Ozodlikda gapirganim hokimiyatdagilarga malol kelibdi. Avvaliga "bekor gapirding, xuje budet", deb tahdid qilishdi, - dedi tadbirkor.

Xo‘jaevning aytishicha¸ u 13 noyabr kuni prokuraturaga chaqirtirilgan:

- Toshkent shahar prokuraturasidan chaqirishdi. Povestka yubormasanglar bormayman, dedim. Povestka olib kelib berishdi. 13 noyabr kuni¸ shahar prokuraturasi tergovchisi Farrux Nematjonov men bilan guvoh sifatida gaplashdi. "Nega Ozodlikka chiqib gapirdingiz", deb savol-so‘roqqa tutdi¸ - dedi tadbirkor.

Ozodlik Toshkent shahar prokuraturasi tergovchisi Farrux Nematjonov bilan 14 noyabr kuni bog‘lanib, undan "Nega tadbirkorga  matbuotga gapirgani uchun bosim qildingiz", deb so‘radi. Tergovchi muxbir savoliga javob bermadi.

Bundan oldin¸ 8 noyabr kuni Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati “yomon uylar qurib aholi g‘azabiga uchragan tadbirkor” haqida videolavha suratga olib hokimlik rasmiy saytida e’lon qilgan edi.

Toshkent shahar hokimligining Ozodlik gaplashgan mulozimi¸ bu lavha 6 noyabr kuni Ozodlik e’lon qilgan lavhaga qarshi tayyorlanganligini bildirdi.

- Jahongir Obidovich (shahar hokimi) o‘z tabletida Ozodlik videosini ko‘rib qolib, otvet qilinglar deb topshiriq berdi. Faqat Ozodlikda degan joyini xorijiy ommaviy vositalarida deb yozdik¸- dedi Toshkent shahar hokimligining Ozodlik gaplashgan mulozimi.

Uyi buzilgan tadbirkor Xo‘jaev esa, bu videolavhani “o‘ch olish” deb atadi:

- San video qilsang, menam video qilaman deganga o‘xshadi. Shuncha odamni menga qarshi gapirtirishdi. Ammo lavhada asosiy savolga javob yo‘q. Men ruxsat olib qurgan uyimni nega sud qarorisiz buzib tashlashdi¸ qonun qaerda qoldi degan savol javobsiz qoldi.

Tadbirkor buzilgan uy bois o‘ziga yetkazilgan zararni qoplash uchun qonuniy o‘zanda kurashni davom ettirishini bildirdi.

Tadbirkor qurgan uy nega buzilgan edi?

Toshkent shahar hokimligining Ozodlik  6 noyabr kuni gaplashgan mulozimi Toshkentda yangi qurilgan uylarda is gazidan zaharlanib o‘lish xollari ko‘payganidan darg‘azab bo‘lgan Bosh vazir shunday buyruq berganini bildirgan edi.

"Shu bois Abdulla Nig‘matovich (Bosh vazir) Jahongir Obidovichga (shahar hokimi) topshiriq berdi. Bu investor qurgan boshqa uylarni ham tekshiringlar¸ deb. Shu topshiriq asosida Ulug‘bek tumani Rishton tor ko‘chasidagi 106-uy shanba kechqurun buzildi. Bularning hammasi og‘zaki buyruq asosida bo‘ldi"¸ - dedi ismi aytilmasligini istagan hokimlik mulozimi.

Bu mulozim¸ tadbirkor tomonidan qurilgan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uyni buzish uchun sud qarori bo‘lmaganini e’tirof qildi.

Ozodlik Bosh vazir idorasidan bu voqea yuzasidan izoh olishga hozircha muvaffaq bo‘la olmadi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал о строительстве моста через Москву-реку у Берегового проезда


Спорт в России и мире
Москва

ЦСКА выложил провокационный ролик к матчам с "Зенитом", вспомнив фразу Дзагоева


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Елена Рыбакина выступила с критикой в адрес WTA


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

В Москве заметили первый в России электромобиль Tesla Cybertruck





Путин в России и мире
Москва

Дугин в интервью Такеру Карлсону: "Путин — это традиционный лидер"


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко заявил о желании построить в Белоруссии вторую АЭС




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

В Киеве СБУ проводит облавы против нелояльных Зеленскому


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Сергей Брановицкий

Рассылка Песни или Музыки на все Радиостанции России, СНГ и Мира, а также по всем СМИ России.



Москва

Подмосковная «Единая Россия» поздравила всех трудящихся с праздником Весны и Труда

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net