Добавить новость
123ru.net
World News
Октябрь
2018

Hokimlarga huquq, tadbirkorga imkoniyat berildi

0

Prezident farmoniga sharh

Bugun jamiyatimizda “qulay tadbirkorlik va investitsiya muhitini yaratish” masalasi muhim oʻringa koʻtarilgan.

Xoʻsh, qulay tadbirkorlik muhitining oʻzi nima?

Qulay tadbirkorlik muhiti, avvalo, byurokratiyadan xoli, tezkor ishlaydigan tizim deganidir. Bunda tadbirkorlar kam vaqt va kam pul sarflagan holda yuqori natijalarga erishishlari mumkin. Tadbirkorlarda yangidan yangi gʻoyalar tugʻilishi uchun ragʻbat paydo boʻladi, bu esa, oʻz navbatida, iqtisodiy oʻsish va ijtimoiy barqarorlikni, alaloqibat, xalq turmushi farovonligini oshiradi.

Shu paytgacha ortiqcha qogʻozbozlik va yugur-yugurlar ishbilarmonlar qatlamining turli tashabbuslari yoʻliga gʻov boʻlib kelayotgan edi.

Mazkur toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida soʻnggi paytlarda turli qonun hujjatlari qabul qilinmoqda. Oʻtgan haftada Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmon ham shunday muhim hujjatlardan biridir. Farmonda mamlakatimizda tadbirkorlik va investitsiya faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida yangi yondashuvlar nazarda tutilgan.

Ushbu farmon asosida 2019-yilning 1-apreliga qadar davlat obyektlari va yerlarga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi. Quyida ana shu eksperimentning muhim jihatlariga eʼtibor qaratamiz.

Hokimlarga qoʻshimcha huquqlar berildi

Birinchidan, maʼlumki, koʻp hollarda koʻchmas mulk obyektlari oʻta qimmat narxlarda savdoga chiqarilgani sababli, tadbirkorlar bunday obyektlarni sotib olishga qiziqmasdi.

Endilikda viloyat hokimlari boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini baholamay turib 1 soʻm qiymatdagi boshlangʻich narxda “E-IJRO AUKSION” orqali investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda sotish vakolatiga ega boʻlishdi.

Taʼkidlash lozim, bunda Prezident, Vazirlar Mahkamasi yoki hokimiyat qarorlariga asosan avval savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari ham muayyan shart qoʻyilib, yaʼni investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narx bilan “E-IJRO AUKSION” orqali sotiladi.

Qolgan koʻchmas mulk obyektlari esa qayta baholanmaydi, ular auksion oʻtkazish kunidagi narx boʻyicha “E-IJRO AUKSION” orqali sotiladi.

Bu borada belgilanadigan majburiyatlarning tushunchasi boʻyicha savol tugʻilishi tabiiy. Investitsiyaviy majburiyat pul bahosiga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlarni oʻz ichiga oladi.

Investitsiyaviy majburiyatga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:

  • ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash uchun xom ashyo va materiallar,
    asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar yetkazib berish;
  • taʼmirlash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
  • ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish;
  • sotib olingan obyektning davlat byudjeti oldidagi qarzlarini, kreditlar va boshqa majburiyatlarini toʻliq yoki qisman toʻlash;
  • mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning muayyan turini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish va hokazo.

Ijtimoiy majburiyatlar esa aksincha pul bahosiga ega boʻlmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan quyidagi majburiyatlardan iborat boʻlishi mumkin:

  • nou-xauni, intellektual mulkning boshqa turlarini joriy etish;
  • kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga xarajat qilish;
  • ishlab chiqarish obyektining avvalgi faoliyat sohasini saqlab qolish va hokazo.

Bundan tashqari, farmon bilan Majburiy ijro byurosi tomonidan tuman (shahar) hokimliklariga sud qarorlariga muvofiq davlat tasarrufiga oʻtkazilgan bir qator noturar joylar sotish uchun oʻtkazilishi belgilandi.

ikkinchidan, farmonga koʻra ayrim shartlar asosida yer uchastkalari va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari auksionsiz ham berilishi mumkin boʻldi. Bu masala boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlariga qoʻshimcha vakolat berildi.

Unga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlari investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.

Bunda tadbirkor investitsiyaviy majburiyat, yaʼni kamida 1 mln. AQSH dollarlik investitsiya kiritish hamda boshqa ijtimoiy majburiyatni oʻz zimmasiga olishi kerak boʻladi.

Taʼkidlash lozimki, ilgari, yaʼni ushbu farmon qabul qilingunga qadar har qanday tadbirkor unga ishlash uchun yer uchastkasi zarur boʻlganda u “E-IJRO AUKSION” orqali yer uchastkasini sotib olishi zarur boʻlgan, bunga tadbirkorning bir oydan ortiq vaqti sarflanar edi. Tadbirkorlar uchun esa, vaqt bu pul demakdir. Qancha koʻp vaqt tejalsa shuncha koʻp pul tejaladi.

Endilikda esa, tadbirkor tegishli yer uchastkasini tezkorlik bilan sotib olmoqchi boʻlsa undan 1 mln AQSH dollarlik investitsiya kiritib, muayyan ijtimoiy majburiyatni oʻz zimmasiga olishi kifoya qiladi.

uchinchidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlari “E-IJRO AUKSION”da auksionga chiqarish uchun yer uchastkalarining joylashgan hududidan kelib chiqib, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tavsiyalariga asosan, har bir tuman boʻyicha boʻsh yer uchastkalaridan foydalanish huquqining
(0,01 ga maydoni uchun) boshlangʻich bahosini har chorakda tasdiqlash vakolatiga ega boʻlishdi.

Oldinlari sotuvga chiqariladigan yer maydonining boshlangʻich bahosi tuman Davlat soliq inspeksiyalari tomonidan yer maydonining joylashgan zonasi, yer boniteti va boshqa parametrlar asosida hisoblab chiqiladigan yillik soliq stavkasidan kelib chiqib belgilanar edi. Oqibatda, yer maydonining boshlangʻich bahosi bozor narxidan anchayin past narxni tashkil qilar edi.

Endilikda bu muammolar ham bartaraf etildi.

toʻrtinchidan, yerlarning sifati va tabiiy ishlab chiqarish unumdorligini qiyosiy baholash (tuproq bonitirovkasi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari buyurtmasi asosida uch yildan ortiq muddat davomida tuproq bonitirovkasi olib borilmagan 3 gektargacha maydonga ega yer uchastkalarida mahalliy byudjet hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyildi.

Tuproq bonitirovkasining asosiy vazifalaridan biri yerlarni noqishloq xoʻjalik maqsadlari uchun (misol uchun tadbirkorlik, uy-joy qurish) ajratishni asoslash uchun oʻtkaziladi.

beshinchidan, avvallari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkalari faqat ijaraga, yaʼni foydalanishga berilar edi. Bu jarayonning eng katta kamchiliklaridan biri shaffoflik va xolislikning mavjud emasligida edi.

Endilikda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan “E-IJRO AUKSION” orqali sugʻorilmaydigan yerlar toifasiga kiradigan yer uchastkalaridan vaqtincha foydalanish huquqini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun investitsiyaviy (kamida 1 mln AQSH dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda 50 yil muddatga sotish mumkin.

oltinchidan, farmon bilan yana bir yangi tartib belgilandi. Unga koʻra xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllariga tutash hududlardagi barcha toifadagi yer uchastkalar namunaviy loyihalar boʻyicha yoʻlboʻyi va turistik infratuzilma obyektlarini tashkil etish uchun “E-IJRO AUKSION” orqali sotiladi.

Namunaviy loyihalar Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Faqat, sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarini sotishda Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha komissiya bilan kelishish lozim.

Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllariga tutash hududlardagi yer uchastkalari toifalarga boʻlgan holda roʻyxati va narxini shakllantirishi hamda “E-IJRO AUKSION” chiqarish talab qilinadi.

yettinchidan, amaliyotda koʻpgina hududlarda savdo, koʻngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlari jamoat tartibini saqlash nuqtai nazardan tungi vaqtlarda faoliyat yuritishlari cheklanar edi.

Endilikda farmonga muvofiq maxsus hududlar belgilanadi va u yerda tungi vaqtda savdo-koʻngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlarini ishlashi cheklanmaydi.

Buning uchun, viloyat hokimlari sayyohlar uchun dam olishni tashkil etish dasturlarini tasdiqlaydi hamda Nukus shahri, viloyatlar markazlari va sayyohlar tashrif buyuradigan boshqa joylarda savdo-koʻngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatini tungi vaqtda cheklanmaydigan hududlarni aniqlaydi.

Ushbu hududlarda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash kuchlarining 3 smenali rejimdagi patrullari jamoat tartibi va xavfsizligini taminlaydilar.

Tartib-qoidalarning soddalashtirilgani investorlar uchun qulaylik yaratdi

Eksperiment davrida davlat koʻchmas mulk obyektlari uchun xususiylashtirish komissiyasi ishining umumiy muddati u tashkil etilgan paytdan boshlab 20 kundan oshmaydi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mazkur muddat 2 oyni tashkil qilar edi.

Amaldagi qonun hujjatlariga koʻra davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha oldi-sotdi shartnomalarini tuzish savdo natijalari (muzokaralari) boʻyicha bayonnoma imzolangandan soʻng 20 kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshirilishi belgilangan boʻlsa, ushbu muddat farmonda 10 kunni tashkil qiladi.

Farmonda belgilangan tartibga koʻra mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi esa sotib olish toʻlovlari va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda tushgan kundan boshlab 5 kun ichida beriladi (amalda 10 kun).

Shuningdek, tasarruf etish huquqi esa, xaridorga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilgan (ular belgilangan taqdirda) deb topilgan va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda toʻlangan kundan boshlab beriladi (amalda bir yildan soʻng).

Balansda saqlovchi oldi-sotdi shartnomasi xaridor tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 5 kun ichida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini va sotilgan obyektning xaridorga topshirilishini taʼminlashi shart
(amalda 1 oy).

Tadbirkorlarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida eksperiment davrida davlat mulki obyektlarini xususiylashtirishga buyurtmanoma berganlik uchun undiriladigan eng kam oylik ish haqining 3 baravari
miqdoridagi yigʻim hamda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berganlik uchun davlat bojini undirish bekor qilindi.

Farmonga koʻra Prezident, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining qarorlariga asosan sotiladigan davlat mulki obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, shuningdek, Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish nazorati inspeksiyasi tomonidan davlat obyektlarini sotishga tayyorlashda xulosalar berilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti va tegishli mahalliy byudjetlar hisobidan amalga oshirilishi belgilab berildi.

Hududlarda oʻrganishlarda maʼlum boʻlgan asosiy muammolarning biri ayrim hududlarning hozirga qadar bosh loyihalarini mavjud emasligidir.

Oʻz oʻzidan maʼlumki, hududning bosh loyihasi boʻlmasa, u yerda tadbirkorlik faoliyati uchun yer maydoni ajratish imkoniyati mavjud emas.

Shu sababli, farmonda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oylik muddatda, hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashlari bilan kelishgan holda, bosh reja mavjud boʻlmaganda har bir aholi punkti kesimida2018-2019 yillarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan yer uchastkalarini joylashtirish sxemalarini tasdiqlab olishi va uni keyinchalik tegishli bosh rejalarda aks ettirish uchun Qurilish vazirligiga taqdim etishi belgilandi.

Yer uchastkalari, bino-inshootlaridan samarali foydalanishga eʼtibor qaratildi

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlarining qaroriga asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning qishloq xoʻjaligi ekin yerlari tarkibiga kirmaydigan, foydalanilmasdan turgan yer uchastkalari, ularning egalariga koʻchmas mulkdan samarasiz foydalanganlik holatlarini koʻrsatgan holda, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun yer maydoni egasining roziligisiz olib qoʻyilishi mumkin.

Bunda kelgusida turli tushunmovchilik kelib chiqmasligi uchun hokimliklardan yer uchastkalari maydonlarining uchastkalari uning roziligisiz oʻzgartirilayotgan fermerlarga ushbu oʻzgartirishning sababini toʻgʻri tushuntirishi va asoslab berishi talab etiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish uchun hududlarda faoliyat yuritayotgan ishchi guruhlar tomonidan vazirlik, idoralar va xoʻjalik boshqaruv organlariga tegishli 1000 dan ortiq boʻsh turgan koʻchmas mulk obyektlari aniqlandi.

Farmon bilan mazkur holat yuzasidan quyidagilar belgilandi:

boʻsh turgan koʻchmas mulk obyektlari negizida qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash;

faoliyatiga mos boʻlmagan va foydalanilmayotgan boʻsh turgan koʻchmas mulk obyektlarini, zarurat boʻlganda 10 yilgacha muddatga boʻlib toʻlash imkoniyatini koʻzda tutgan holda, savdolarga chiqarish;

foydalanilmayotgan yerlar va faoliyat koʻrsatmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini ularning negizida kichik sanoat zonalarini barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlariga berish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar ishlab chiqish.

Investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmi ishlab chiqildi

Farmon bilan viloyat hokimlariga tegishli byudjetlar daromadlari prognozining oshirib bajarilgan summalarini Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasini yillik ikki foizga kamaytirilganiga teng foiz stavkasida tijorat banklariga resurslar ajratish orqali investitsiya loyihalarni moliyalashtirishga sarflash huquqi berildi.

Bunda kredit liniyalari quyidagi yoʻnalishlarda ochiladi:

mehmonxonalar va turistik infratuzilmaning boshqa obyektlarini qurish;

tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning, shuningdek, xizmat (ish) turlarining yangi quvvatlarini tashkil qilish;

mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini, boshqa asosiy fondlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash.

Xulosa qilib aytganda, “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da imzolangan ushbu farmon yurtimizda qulay investitsion muhitni yaratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan muhim qadam boʻldi.

Shahnoza Toʻraxoʻjayeva,

Adliya vazirligi masʼul xodimi






Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net