Добавить новость
123ru.net
World News
Июль
2018

Qirg‘izistonda vazir "Azattiq" jurnalisti o‘limi bo‘yicha tergovni nazoratga oldi

0
Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri Ozod Yevropa /Ozodlik radiosi Qirg‘iz xizmati muxbiri o‘limi bilan bog‘liq tergov nazoratini o‘z qo‘liga oldi.


Ulanbek Egizbaev 22 iyul kuni Issiqko‘l bo‘yida dam olayotganda suvga cho‘kib ketgandi.


Viloyat ichki ishlar boshqarmasi dastlabki tergov chog‘ida qasddan odam o‘ldirilganini istisno qildi.


Boshqarma vakiliga ko‘ra, Ulanbek Egizbaevning Cho‘lpon-Ota shahriga yaqin Akun kurorti plyajidagi o‘limi "tasodif" bo‘lgan.


Ozod Yevropa /Ozodlik radiosi Qirg‘iz xizmati xodimlarining  aytishicha, yaqinda kimdir Egizbaevga telefon va maktub orqali tahdid qilgan.


Bunday tahdidlarga uning korrupsiya haqidagi xabarlari sabab bo‘lgan.


Ayni holat 28 yashar muxbirga kimlardir hujum qilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirib yubordi.


Ammo, Issiqko‘l viloyati Ichki ishlar boshqarmasi "ayrim shaxslarning ijtimoiy tarmoqlar"dagi "qotillik" haqidagi iddaolarini "soxta xabar" deya rad etdi.


Ichki ishlar vaziri Qashqar Junusaliev shundan so‘ng tergovni o‘z nazoratiga oldi.


Egizbaev oilasining iltimosiga ko‘ra, Bishkek shahridagi Sud-tibbiyot ekspertiza markazi 23 iyulda murdani yorib ko‘rdi.


Uning dastlabki natijalari o‘limga "suvga cho‘kish" sabab bo‘lganini ko‘rsatdi.


Ammo yorib ko‘rishning yakuniy natijalarini tayyorlash zaharlanish bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi hisobot bilan birga taxminan bir oy vaqt olishi kutilmoqda.


Prezident ta’ziya bildirdi


23 iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov Egizbaevning qarindoshlari va hamkasblariga ta’ziya izhor qildi.


U Egizbaevning korrupsioner hukumat amaldorlari haqidagi surishtiruv materiallarini maqtadi.


U "Qirg‘iziston jamiyatdagi illatlarga qarshi ayovsiz kurashgan iste’dodli jurnalistidan ajrab qoldi," deb aytdi.


Ichki ishlar vaziri Junusaliev kriminologlar, tibbiyot xodimlari va Ozod Yevropa /Ozodlik radiosi Qirg‘iz xizmati xodimi va Egizboevning bir qarindoshidan iborat tergov komissiyasi tuzdi.


Bosh vazir Muhammadkali Abulg‘oziev 23 iyuldagi hukumat majlisida jurnalistning o‘limi bilan bog‘liq har xil mish-mishlarning oldini olish uchun Qirg‘iziston xalqiga tergovning aniq va oshkor natijalari havola qilinishi kerakligini aytdi.


Guvohlarning aytishicha, dam oluvchilarga Issiqko‘lning shimoliy sohilida yengil taomlar sotib o‘tirgan ikki bola Egizbaevning bor kuchi bilan qirg‘oq yaqinida suzayotganini ko‘rgan ekan.


O‘sha paytda sohilda qutqaruvchilar bo‘lmagan.


Korrupsiyani fosh qilib


Egizbaevning Qirg‘iziston poytaxti atrofidagi yerlarni noqouniy sotishga aralashib qolgan davlat amaldorlari haqida ko‘plab surishtiruv materiallari tayyorladi.


U Bishkek shahridagi qabristonlarda aslida bepul berilishi kerak bo‘lgan qabr joylarini noqonuniy sotish hollarini ham fosh qilish bilan shug‘ullandi.


2016 yili Egizbaev tayyorlagan videomaterial obro‘li "Xalq ovozi" Vebbi mukofotiga sazovor bo‘ldi.


Unda nogiron o‘smirning o‘nqir-qo‘nqir yo‘llardan maktabga aravachada qatnashi haqida hikoya qilinadi.


Videoni 1 milliondan oshiq kishi ko‘rdi.


"Nyu-York Tayms" gazetasi Vebbini "Internetning eng yuqori mukofoti" deb tavsiflagan edi.


Iyun oiyda Egazbaev Qirg‘iziston mustaqil jurnalistlar uyushmasining "Oltin qalam" mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net