Добавить новость
123ru.net
World News
Июль
2018

Qashqadaryodagi kanalda topilgan tana qismlari kimniki bo‘lgani aniqlanmoqda

0
24 iyul kuni Huquq-tartibot organlaridan birining Respublika miqyosidagi idorasi Ozodlikka Qashqadaryo viloyat, Chiroqchi tumanidagi "Eski anhor" kanalidan topilgan tana a’zolari kimga tegishli bo‘lgani haqida tekshiruvlar olib borilayotganini bildirdi.


23 iyulda Ozodlik "Eski anhor" kanalida inson oyoqlari topilgani haqida xabar bergandi. 


Huquq-tartibot organlaridan birining Respublika miqyosidagi idorasidan olingan ma’lumot quyidagilardan iborat:  


1. Chiroqchi tumani IIB navbatchilik qismining 2018 yil 01 iyul kuni soat 19:30 larda bergan xabariga ko‘ra, tumandagi Uyshun qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi “Eski Anhor” kanalidan shaxsi noma’lum murdaning chap oyoq qismi topilgan.


Mazkur holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyiga chiqilib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan holda sud-tibbiyot va biologiya ekspertizalari tayinlanib, viloyatning barcha tuman-shahar IIB hamda Qashqadaryo viloyat prokuraturasiga alohida topshiriqlar berilgan.


2. Shuningdek, Chiroqchi tumani IIB navbatchilik qismining

2018 yil 02 iyul kuni soat 10:20 larda bergan xabariga ko‘ra, tumandagi Ko‘ktosh qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi “Eski Anhor” kanalidan shaxsi noma’lum murdaning o‘ng oyoq qismi topilgan.


Mazkur holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyiga chiqilib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan holda sud-tibbiyot va biologiya ekspertizalari tayinlanib, viloyatning barcha tuman-shahar IIB hamda Qashqadaryo viloyat prokuraturasiga alohida topshiriqlar berilgan.


3. Bundan tashqari, Chiroqchi tumani IIB navbatchilik qismining

2018 yil 03 iyul kuni soat 10:30 larda bergan xabariga ko‘ra, tumandagi G‘allachi qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi “Eski Anhor” kanalidan ayol jinsiga mansub ikki oyoqlari mavjud bo‘lmagan shaxsi noma’lum murda topilgan.


Hodisa joyi viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari rahbarligida tezkor xodimlar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan hamda shaxsi noma’lum murdaning shaxsini aniqlash maqsadida sud tibbiyot, kriminalistika va biologiya ekspertizalari tayinlangan.


Hozirda topilgan murdaning shaxsi yuzasidan dastlabki tekshiruvlar natijasida taxminlar mavjud bo‘lib, shuningdek, tana va oyoqlarni bir shaxsga tegishli ekanligini aniqlash yuzasidan X.Sulaymonova nomidagi Respublika ekspertiza Markaziga DNK ekspertizasi tayinlangan. 


Hozirda ekspertiza tadqiqotlari olib borilmoqda.


Ushbu holatlar yuzasidan hozirda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Ozodlik hodisa tafsilotini o‘rganishda davom etadi. 





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net