Добавить новость
123ru.net
World News
Июль
2018

Armaniston sobiq prezidentining jiyani qotillikka urinishda ayblanib¸ hibsga olindi

0
Armaniston sobiq prezidenti Serj Sargsyanning jiyaniga 2007 yilda qotillikda urinish ayblovi qo‘yildi.


2007 yilda yerevanlik David Simonyan o‘qotar qurol bilan yaralangan. O‘shanda Artur Gevondyan ismli shaxs politsiyaga ko‘chada topib olgan pistoletdan ehtiyotsizlik bilan foydalangani uchun tasodifan do‘sti Simonyanni jarohatlaganini aytgan edi.


Tergov qo‘mitasining bildirishicha, o‘sha paytda tergov boshlangan, ammo shikoyat arizasi bo‘lmagani tufayli taraflar kelishuvga erishgan va jinoiy ish yopilgan.


Ammo joriy oy boshida Armaniston prokurorlari ushbu hodisaning yangi tafsilotlari yuzaga chiqqanini aytib, uni qaytadan tergov qilishni buyurdi.


Tergov qo‘mitasi Simonyanni Gevondyan tasodifan yaralamaganini, aslida sobiq prezidentning jiyani Ayk Sargsyan uni o‘ldirish maqsadida atayin o‘q uzganini bildirdi.


Tergov qo‘mitasi matbuot kotibi Sona Truzyan Ayk Sargsyan 4 iyul kuni qo‘lga olingani, unga qotillikka urinish va noqonuniy ravishda o‘qotar qurolga egalik qilish ayblovlari qo‘yilganini bildirdi. Kotibning aytishicha, sudgacha Sargsyanga qo‘yiladigan cheklovlar bo‘yicha hali qaror chiqarilgani yo‘q.


Armaniston Milliy xavfisizlik xizmati, shuningdek, Ayk Sargsyanning akasi Narek Sargsyan giyovhand moddalar va o‘qotar qurollar bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblab, qidiruvga berdi. Narek Sargsyanning hozir qaerda ekanligi noma’lum.


Ayk va Narek sobiq prezident Serj Sargsyanning ukasi Aleksandrning o‘g‘illari bo‘lib, prezidenting ukasi ham yaqinda o‘qotar qurollarga noqonuniy egalik qilish bilan bog‘liq ish yuzasidan qisqa muddatga qo‘lga olingan edi.


Bundan tashqari, sobiq prezidentning yana bir ukasi Levon Sargsyan va uning qizi noqonuniy tarzda boylik orttirishda ayblanmoqda. Bunga joriy yilning iyun oyida sobiq prezident ukasi va jiyanining Amerika bankida millionlab dollar mablag‘ yashirgani aniqlangani sabab bo‘ldi.


Yerevan sudi 7 iyul kuni Levon Sargsyanni hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi, ammo uning hozir qaerda ekanligi noma’lum.


Nikol Pashinyan 8 mayda Armaniston Bosh vazir etib tayinlanganidan keyin korrupsiyaga qarshi keskin kurash e’lon qildi.


23 aprel kuni Armanistonda deputat Pashinyan yetakchiligidagi muxolifat tarafdorlarining qariyb ikki hafta davom etgan norozilik chiqishlari ortidan hukmron partiya tomonidan Bosh vazirlikka saylangan sobiq prezident Sargsyan iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan edi.


Pashinyan 6 iyul kuni Ozodlikning arman xizmatiga bergan intervyusida o‘z hukumati Sargsyan oilasinigina nishonga olayotgani haqidagi iddaolarni rad etdi. Bosh vazir sobiq prezident qarindoshlari qonun doirasida javobgarlikka tortilayotganini, buning ortida siyosiy sabablar yo‘qligini ta’kidladi.





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net