Добавить новость
123ru.net
World News
Май
2018

Dushanbeda bokiralikni isbotlashni so‘rab doktorlarga 1 yilda 600 marta murojaat qilindi

0
So‘nggi yillarda Tojikistonda qizlarning bokiraligi muhim ijtimoiy masalasiga aylanib, har yili o‘nlab yosh oila bokiralik bilan bog‘liq janjallar ortidan tibbiy ekspertizaga murojaat qilishga majbur bolmoqda.


Tojikistonda, qo‘shni davlatlardagi kabi, oila qurishda turmushga uzatilayotgan qizning bokira bo‘lishi eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi.


Janubiy Tojikistondagi Ko‘lob shahrida yashaydigan 18 yashar Dilorom to‘ydan avval jinsiy aloqa qilmaganini isbotlash uchun tibbiy ekspertizaga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.


Diloromga ko‘ra, to‘ydan keyin eri uni buzuqlikda ayblab, xo‘rlagan.


“Erim yaqinlariga “kelin bokira emas”, dedi. Gunohsizligimni isbotlash uchun tibbiy ekspertizaga bordim. Bokiraligim isbotlandi. Endi meni odamlar oldida xo‘rlagan erimga qaytib borishni istamayman”, - dedi Dilorom.


Tojikiston Sud-tibbiy ekspertizasi markazining ma’lumotiga binoan, 2017 yili Dushanbeda shifoxonalarga bokiralikni aniqlashni so‘rab, fuqarolardan 600ta ariza tushgan.


Ariza topshirganlarning aksari to‘y kechasidan bir kun o‘tib taloq olgan yangi kelinchaklarning ota-onalaridir.


Ushbu markaz mas’ul xodimi Umed Ikromovning Ozodlikka aytishicha, ekspertiza ishonchli bo‘lishi uchun bokiralikni aniqlash jarayoni erlar ishtirokida o‘tadi.


“Erga qizlik pardasi va maxsus qonni bokiralik nishonasi sifatida ko‘rsatamiz. Ba’zi er va uning yaqinlari bunday ekspertizaga ishonmaydilar”, -deb aytadi Umed Ikromov.


Bokiralik bahslari va yosh oilalar parchalanishining ko‘payishi ortidan 2016 yili Tojikiston parlamenti to‘ydan oldin qizlarning bokiraligini tekshirishni nazarda tutgan qonunni qabul qildi.


O‘tgan yil yozda janubiy Tojikistondagi Vose tumanida yashovchi 18 yashar Rajabbi Xurshed bokiralik janjali ortidan sirka ichib o‘z joniga qasd qildi.


Sud uning eri Zafar Pirovni turmush o‘rtog‘ining o‘z joniga  qasd  qilishiga sababchi bo‘lgan, deb topdi va 7 yilga ozodlikdan mahrum etdi.


Sudda aytilishicha, kelinning bokiraligi borasidagi bahs birinchi nikoh oqshomida boshlanib, er kelinning bokiraligiga shubha qilgan va ikki marta uni poytaxtga ekspertizaga olib borgan. Qayta ekspertiza ham Rajabbini to‘yga qadar bokira bo‘lganini tasdiqladi, biroq yoshlarning turmushi urush-janjallar bilan o‘tib, oqibatda fojia bilan yakunlandi.


Zafar Pirov sudda o‘zini aybdor deb hisoblamasligini va u rafiqasi o‘limini istamaganini aytgandi. “Men uning ota-onasi to‘yga sarflagan 13 ming somonini qaytarishini istagan edim», deydi Zafar Pirov.


An’anaviy tojik jamiyatida qiz to‘yga qadar bokira bo‘lishi kerak degan aqida mavjud. Bokiralikka yangi oilada er-xotin o‘rtasidagi ishonch asos sifatida qaraladi.


Aks holda nikohning birinchi kuni bokira chiqmagan kelin sharmandalarcha eshikka kuzatib qo‘yiladi. Bu kabi qizlarni ota-onalari ham qabul qilmaydi. Ularning sha’ni va obro‘si umrbod qoraligicha qoladi.





Загрузка...


Губернаторы России

Спорт в России и мире

Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса

Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net