Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News
Май
2018

Eron majburiyatlarini bajarishda davom etsa, YeI yadroviy kelishuvdan voz kechmaydi

0
Eron majburiyatlarini bajarishda davom etsa, YeI yadroviy kelishuvdan voz kechmaydi

Agar Tehron Eron va dunyoning qudratli davlatlari o‘rtasida erishilgan kelishuv shartlarini bajarishda davom etsa, Yevropa Ittifoqi kelishuvni qo‘llashda davom etadi. Bu haqda 19 may kuni YeI energiya komissari Migel Arias Kanyete bildirdi.

Kanyete Eron vitse-prezidenti Ali Akbar Solihiy bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida:

- Eronlik do‘stlarimizga ular kelishuvga amal qilishda davom etar ekanlar, yevropaliklar o‘z majburiyatlarini bajarishlari haqida maktub yubordim. Ular ham o‘z navbatida ayni narsani aytishdi, - dedi.

- Eron iqtisodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan savdo oqimlarini yanada oshirishga harakat qilamiz, - deya so‘zini davom ettirdi komissar.

Bundan bir kun avval Yevropa Komissiyasi Yevropa shirkatlarini Eronga qarshi yangi AQSh sanksiyalaridan himoya qilish bo‘yicha choralarni taklif qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 8 may kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Vashington Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha Eron va jahonning qudratli davlatlari o‘rtasida 2015 yil imzolangan kelishuvdan chiqishini e’lon qilgan edi.

18 may kuni Yevrokomissiya YeI davlatlarini yangi AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun Eron nefti uchun to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eron Markaziy bankiga yuborishni taklif qildi.

Bunday chora Eron neftini sotib olishda AQSh dollaridan hamda AQSh moliyaviy tizimidan foydalanmaslikni ko‘zda tutadi. Bu esa shirkatlarga AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish imkonini beradi.

Komissiya 17 may kuni Bolgariya poytaxti Sofiyada bo‘lib o‘tgan YeI yetakchilari sammitida erishilgan qaror asosida bunday tavsiya qilayotganini bildirdi.

YeI, shuningdek, yadroviy kelishuv ortidan Eronga sarmoya yotqizgan shirkatlarni himoya qilishini bildirdi. Buning uchun 1996 yilda Yevropa shirkatlari AQShning Kubaga qarshi embargosini chetlab o‘tishiga zamin yaratgan qonun ayrim tuzatishlar bilan qayta tiklanishi mumkin.

Komissiya qonun 6 avgustgacha, ya’ni yangi AQSh sanksiyalari ishga tushishidan avval kuchga kirishi rejalashtirilayotganini bildirdi.

Qonun kuchga kirishi uchun uni YeIga a’zo 28 davlat hamda Yevropa parlamenti ma’qullashi kerak.

19 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Solihiy Kanyete AQSh kelishuvdan chiqqan bo‘lishiga qaramasndan, uni saqlab qolishni va’da qilganini aytdi.

- Umid qilamizki, ularning sa’y-harakatlari natija beradi, - dedi vitse prezident.

Bu orada Yevropa Komissiyasi Yevropa Sarmoya banki xorijda loyihalarni moliyalashtirishiga to‘sqinlik qilib kelgan cheklovlarni ham bekor qildi.

Komissiya bu chora YeI Eronda sarmoya yotqizishiga yo‘l ochishini bildirdi.

Komissiya, shuningdek, Eronning energiya hamda kichik va o‘rta biznes sohalarini qo‘llash uchun ko‘proq chora ko‘rishga chorladi.

2016 yilda Eronga qarshi sanksiyalar yengillatilishi ortidan YeIning mamlakatga yotqizayotgan sarmoyasi 20 milliard yevrodan oshib ketgan edi.

YeI qit’a shirkatlarini AQSh sanksiyalaridan himoya qilishga urinayotgan bo‘lsa-da, bir necha yirik kompaniya Eronni tark etmoqda. Bular orasida Total, Allianz, Engie, PGNiG, DZ Bank shirkatlarini aytib o‘tish mumkin.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: В Москве ведется активная замена инженерных сетей в рамках реновации


Спорт в России и мире
Москва

Псковичка стала призером соревнований по прыжкам в высоту в Москве


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
ATP

Янник Синнер высказался о первом месте в рейтинге ATP и травме Новака Джоковича


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

В Москве проходит акция по безопасному использованию СИМ





Путин в России и мире
Москва

Путин: Москва оставляет за собой право поставок вооружения партнерам


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

AFP: Байден объявил о выделении Киеву помощи на 225 млн долларов


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Булат Окуджава

Аншлаг в честь Окуджавы



Москва

В посольствах НАТО забегали. Путин предупредил 14 стран Североатлантического альянса о неминуемом ответе

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net