Добавить новость
123ru.net
World News
Март
2018

"Nodir To‘raqulov guruhi Bobomurod Abdullaevni 38 kun tinimsiz qiynagan!"

0

Bobomurod Abdullaev va uning sheriklari sifatida ko‘rilayotgan yana uch kishi ustidan 5 martga belgilangan ilk sud jarayoni 7 martga qoldirildi. Sud arafasida Bobomurod Abdullaev bilan uchrashgan advokat Sergey Mayorov jurnalistning hibsga olingan 27 sentabrdan to 5 noyabrga qadar tinimsiz qiynoqqa tutilganini bildirdi. Joriy yilning 22 yanvar kuni Abdullaevning qiynoqqa solinishiga boshchilik qilgan MXX tergovchisi Nodirbek To‘raqulovning o‘zi ham hibsga olindi.

"Bobomurodga 6 kun uyqu bermay, qiynashgan"

Advokat Sergey Mayorovning 5 mart kuni Ozodlikka aytishicha,  3 mart kuni hibsda saqlanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaev bilan uchrashgan payti, Abdullaev o‘zining qiynoqqa tutilganidan shikoyat qilgan:

- Tergov izolyatorida uchrashgan paytimiz men undan qiynoq izlari qolgan joylarini ko‘rsatishni so‘radim. U beligacha yechinib ko‘rsatganida, uning chap qo‘lida yara izlari va shikastlangan joylari bor edi. Uning ta’kidlashicha, bular unga nisbatan jismoniy kuch qo‘llash ta’sirida qolgan izlardir. Eng og‘ir qiynoq - unga 6 kun davomida uxlashga ruxsat berishmagan. Yana 3 kun davomida uni bir xonali kameraga qip-yalang‘och tashlab qo‘yishgan. Bu xona o‘z joniga qasd qilishga urinuvchilarga mo‘ljallangan kamera bo‘lgan. Uni kaltaklash payti asosiy qurol sifatida bir metrlik vodoporpovod uchun ishlatiladigan plastik trubani qo‘llashgan. Shu truba va kompyuter shnuri bilan uni kaltaklashgan. Kompyuter shnuri bilan do‘pposlashni ular “eslatma” deb atashgan, deydi advokat.

Bobomurod o‘zini o‘ldirishga harakat qilmagani va bunday niyati ham yo‘qligini aytib, agar o‘zini o‘ldirib “o‘z joniga qasd qildi” degan, xabar berishsa, bunga  ishonmasliki so‘ragan.

Bobomurod o‘ziga nisbatan nafaqat jismoniy¸ balki ruhiy qiynoq usullari ham qo‘llanilganini aytgan.

- Ular Bobomurodning Rossiyada o‘qiyotgan qizini zo‘rlashni va Toshkentda yashayotgan boshqa bolalarini o‘ldirib, xotinini ham qamoqqa tiqishlarini aytishgan, deydi Mayorov.

Mayorovga ko‘ra, Bobomurod 27 sentabrda hibsga olinganidan boshlab, 5 noyabrgacha unga nisbatan to‘xtovsiz qiynoq qo‘llanilgan.

- 5 noyabr kuni u tergovchilar talab qilgan barcha “iqror”larga qo‘l qo‘ygan. Shundan keyin uni qiynashni to‘xtatishgan, deydi advokat.

Mulozimlarga qarshi ko‘rsatma

Sergey Mayorovning aytishicha, Bobomurod Abdullaev tergovchilar talabi bilan sobiq Bosh prokuror¸ hozirda MXX raisi bo‘lgan Ixtiyor Abdullaev va o‘tgan yilning 4 sentabrida Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan Po‘lat Bobojonovga qarshi yozilgan ko‘rsatmaga qo‘l qo‘yishga majburlangan:

- U tergovchi aytib turgan narsalarni yozib ko‘rsatma bergan. Aslida¸ bu odamlar bilan tanish bo‘lmagan, ular bilan biror ish qilmagan, biroq qiynoqlar ortidan tergovchi talabi bilan yozib bergan, deydi advokat.  

Mayorovga ko‘ra, Bobomurod Abdullaev tergovchilar kimligi haqida hech narsa aytmagan va uni kaltaklash uchun tergov xonasiga begona kishilar keltirilganini aytgan.  

Bobomurod Abdullaev ishi bo‘yicha Ozodlikka yetib kelgan hujjatdan aniqlanishicha¸  jurnalist tergoviga joriy yil 22 yanvarida hibsga olingan MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov boshchilik qilgan.  

(16 fevral kuni Toshkent harbiy sudi chiqargan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ajrimga ko‘ra¸ Nodir To‘raqulov O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 301-moddasi 1-qismi (Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) va 230-moddasining 2-qismi (Aybsiz kishini javobgarlikka tortish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.)

 “Bobomurod Abdullaev Haqnazarovning radikal maqolalarini yozmagan”

3 mart kuni o‘z himoyasidagi mahbus bilan uchrashgan advokat Sergey Mayorovga ko‘ra¸ Bobomurod Abdullaev ayni uchrashuvda 2003 yil yanvaridan boshlab "Usmon Haqnazarov" taxalllusi bilan maqolalar yozgani, 2005 yilgi Andijon voqealaridan so‘ng yozishni to‘xtatib, keyinchalik yana ushbu taxallus ostida maqola yozishni boshlaganini tan olgan:

- Bobomurod “Usmon Haqnazarov” taxallusi uniki ekani va ushbu taxallus ostida ko‘plab maqolalar yozganini aytdi. Biroq u ushbu taxallus ostida mamlakatda to‘ntarish qilish mazmunida e’lon qilingan maqolalarga  aloqasi yo‘qligini aytdi. Tergov payti uni yozmagan maqolalari muallifligini ham bo‘yniga olishga majburlashgan, dedi advokat.

Mayorovga ko‘ra, Bobomurod Abdullaev  qiynoq haqidagi ma’lumotlarni  videokamera orqali nazorat qilingan uchrashuv xonasida qog‘ozga yozib bergan va keyin bu qog‘ozlarni o‘zlari yirtib tashlagan. Uchrashuv oxirida yirtilgan qog‘oz bo‘laklarini MXX xodimlari yig‘ishtirib olib ketgan.

Mayorovning aytishicha, u uchrashuvdan keyin Bobomurod Abdullaevni zudlik bilan MXX hibsxonasidan Ichki ishlar vazirligiga qarashli hibsxonaga o‘tkazishni so‘ragan. 

- Chunki uni MXX tergov izolyatorida qiynashgan. Agar u hozir o‘z ko‘rsatmalarini o‘zgartirsa, uni qiynagan odamlar yana buni davom ettirishi xavfi mavjud. Shuning uchun men shanba kuni uni Ichki ishlar bo‘limi izolyatoriga o‘tkazishni so‘ragandim. Hozircha bu borada  biror javob bo‘lmadi, deydi Mayorov.​   

Sud qoldirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida jurnalist Bobomurod Abdullaev¸ bloger Hayot Nasriddinov¸ shuningdek tadbirkorlar Ravshan Salaev va Shavkat Olloyorovlarga nisbatan 5 mart kuni o‘tkazilishi rejalangan ilk mahkama 7 martga qoldirildi.

Bu haqda Ozodlikka ma’lum qilgan Bobomurod Abdullaevning advokati Sergey Mayorovga ko‘ra, sudning kechiktirish sababi "prokuror yetib kelmagani" bilan izohlangan.

Jurnalist Bobomurod Abdullaev¸ bloger Hayot Nasriddinov¸ tadbirkorlar Ravshan Salaev va Shavkat Olloërovlar O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 159-moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.

O‘tgan yilning 27 sentabrida MXX tomonidan hibsga olingan Bobomurod Abdullaev 2011 yildan "Usmon Haqnazarov" imzosi ostida "amaldagi tuzumni o‘zgartirishga chaqiruvchi" maqolalar chop etish va O‘zbekistonda "inqilob qilish"ga urinishda gumonlanmoqda.

12ta xalqaro tashkilot O‘zbekiston hukumatidan Bobomurod Abdullaev, Hayot Nasriddinov va Akrom Malikovni ozod etishni talab qilgan edi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин прибыл в Китай с рабочим визитом


Спорт в России и мире
Москва

Резидент «Инсайт Люди» Дмитрий Зубов установил мировой рекорд по чеканке мяча


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
ATP

Теннисисты Медведев и Рублев сохранили позиции в рейтинге ATP


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

По каким признакам можно распознать машину-«утопленника»: лайфхак





Путин в России и мире
Москва

Максим Шевченко: в самостоятельность террористов, да ещё и внутри СИЗО, не поверю никогда


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко обратился к Рамафосе




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Трамп назвал Зеленского «величайшим торговцем» и пообещал разобраться с траншами Киеву


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Джиган

"Как в раю": Джиган и Самойлова исполнили мечту знаменитой "диско-бабушки" из Коми



Москва

Производство электрооборудования расширят в Раменском в 2027 году

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net