123ru.net
World News in Uzbek
Январь
2021

O‘shdagi namoyishchilar: Ota-bobolarimizdan qolgan uylarni tortib olishmoqda (FOTOGALEREYA)

0
O‘shdagi namoyishchilar: Ota-bobolarimizdan qolgan uylarni tortib olishmoqda (FOTOGALEREYA)

O‘sh shahri markazidagi Teshiktosh mavzesida joylashgan 23ta hovlida yashovchi bir yuz elikka yaqin odam bir necha asrdan beri avloddan avlodga meros bo‘lib kelgan uy-joylari mahalliy tadbirkor tomonidan tortib olinayotganiga norozilik bildirib namoyishga chiqdi.

Qirg‘iziston oliy sudi hozirgacha ikki uy-joy bo‘yicha tadbirkor Nurqul Shirdaqov foydasiga hukm chiqargan.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘sh shahar meriyasi (hokimiyati-tahr.) 1998 - yilda bu uylarni buzish, aholini boshqa manzilga ko‘chirish va yerni Nurqul Shirdaqovga ajratib berish to‘g‘risida 234-sonli qarorni imzolagan.

Ammo meriya uylarni buzish, uy egalariga tovon puli to‘lash va boshqa joydan yer ajratish ishlarini amalga oshirmagan. Tadbirkor esa etnik o‘zbeklar yashovchi bu uylarni 22 yil oldingi qaror asosida tortib olish amaliyotini boshlagan.

2010 - yildagi O‘sh voqealari paytida bu uylarga o‘t qo‘yilgan va shundan so‘ng ular xalqaro donorlar tomonidan qayta tiklab berilgan edi.

O‘shliklar: Bu uylar bir necha asrlar oldin bobolarimiz tomonidan qurilgan

O‘sh shahar meriyasi oldida 27 - yanvar kuni norozilik namoyishi o‘tkazgan 150 ga yaqin odam meriyadan o‘zlariga tegishli uylarni saqlab qolish va 234-sonli qarorni bekor qilinishini talab qilishdi.

Namoyish ishtirokchilaridan biri Suhbatillo Niyozovga ko‘ra, unga uy ota-bobolaridan meros qolgan. Biroq hozir tadbirkor Nurqul Shirdaqov meriya qarorini ro‘kach qilib, uyni tortib olish harakatida.

- Bizda ham meriya tomonidan berilgan barcha hujjatlar bor. Biz bu yerga noqonuniy ravishda uy qurib olmaganmiz. Bu yerda yashovchi hamma odamda hujjat bor. Men bu uyda yashayotgan uchinchi avlodman. Otamning otasidan qolgan bu uy. Hamma hujjatlari bor. Bizning uylarimizni zo‘ravonlik bilan bosib olishyapti. Sudlarga ham ishonchimiz qolmadi, - deydi Suhbatillo.

Norozilik namoyishi ishtirokchilaridan yana biri Ne’matjon Pozilov esa, Teshiktosh mavzesidagi uyni bundan 300 yil avval bobokalonlari qurganini aytdi:

-Bu joylar 300 yil oldin bobolarimiz tomonidan qurilgan. Bizga meros qolgan. Hozir yo‘q erdan kelib “zaxvat” qilyapti. Bunga kim aybdor. 234-sonli buyruqni chiqarib bergan meriya aybdormi? Nima uchun odamlarning uylarini sotib yuboradilar? -deydi Ne’matjon Pozilov.

Tadbirkor: Men bu uylarni davlatdan sotib olganman

Ma’lum bo‘lishicha, bundan ikki yil avval o‘shlik tadbirkor Nurqul Shirdaqov uy egalarini uylarini bo‘shatib qo‘yish haqida ogohlantirgan.

U mazkur hududni 1998 - yili davlatdan sotib olgani, uy egalari esa o‘z vaqtida yer uchun davlatdan kompensatsiya olganini iddao qilgan.

Biroq uy egalari davlat tomonidan hech qanday tovon to‘lanmagani, uylar rasman o‘zlariga tegishli ekanini aytishmoqda.

Shundan keyin tadbirkor uy egalarini sudga berishni boshlagan. Hozircha ikki uy masalasi Oliy sudda ko‘rilgan va uylar tadbirkorga tegishli ekani haqida qaror chiqarilgan.

-Uyimni sudda yutib olibdi. Faqat viloyat sudi qarori bilan uy unga o‘tgan, Oliy sud ham shunday qaror chiqarib beribdi emish. Biz bu haqida ham bilmaganmiz. 2020 - yilning sentabr oyida uyim o‘sha odam nomiga o‘tibdi. Biz uyni o‘z nomiga o‘tkazib olganini bilmay yashayveribmiz-da. Bizga kadastrdan uyni bo‘shat, degan qog‘oz keldi. Eshik (hovli-tahr.) qaynamdan nevarasiga o‘tgandi, - deydi  Ziyoda Shamshiddinova.

Hozir aholi uylariga da’vo qilayotgan tadbirkor Nurqul Shirdaqov ayni  masala yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazdi.

Uning aytishicha, 1998 - yilning mart oyida O‘sh viloyat mulk fondidan tanlov asosida O‘sh bozori ichidagi ichki savdo maydoni 6,5 ming kvadrat metr bo‘lgan, qurilishi bitmagan univermagni sotib olgan.

So‘ngra o‘sha bino yeriga hujjat qilish uchun meriyaga murojat qiladi. Meriya 2 gektardan ortiq yerga hujjat qilib beradi.

Bundan tashqari, meriya 1998 - yilning 1 - apreliga qadar 2 gektardan ortiq yerdagi turar joy va boshqa tijorat obyektlarini buzish bo‘yicha tegishli idoralarga buyruq beradi. Biroq bu qaror ijrosi amalga oshirilmagan.

Tadbirkor 2009 - yildan bu masalani qayta ko‘targan va o‘ziga tegishli mulkni olish harakatida.

Uning aytishicha, 2 gektardan ortiq yerda 23 uy va 20dan ortiq tadbirkorlik obyektlari bo‘lgan. Hozirgacha tadbirkorlik obyektlari buzilgan. Uylarning buzilishi esa bahsli bo‘lib kelmoqda.

Meriya: Xabardormiz, xulosamizni bildiramiz

Miting ishtirokchilari oldiga O‘sh shahri vitse-meri Jasur Azimov chiqdi. Mer o‘rinbosari bu masaladan habardor ekanini aytdi. Unga ko‘ra, yaqinda uy egalaridan biri meriyaga ariza bilan murojat qilgan. Jasur Azimov meriya bu masalani o‘rganib, o‘z xulosasini e’lon qilishini bildirdi.

Teshiktosh mavzesida joylashgan bu uylar 2010 - yilgi O‘sh voqealari chog‘ida yoqib yuborilgan edi.

Xalqaro tashkilotlar ko‘magida uylar qayta qurib berilgan. Uy egalari o‘sha davrda uy hujjatlarini Qirg‘iziston hukumati yordamida yangilagan.

Biroq rasmiylar hech qachon tadbirkor Nurqul Shirdaqov bu hududni sotib olgani  haqida aholini ogohlantirmagan.

Rasman bildirilishicha, Nurqul Shirdaqov tomonidan ham bu masalada hech qanday e’tiroz bildirilmagan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал о создании парка «Яуза»


Спорт в России и мире
Москва

Сотрудник ОМОН «Крепость» стал бронзовым призером на соревнованиях Центрального округа Росгвардии по боксу


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
ATP

Россиянин Сафиуллин потерял четыре места в рейтинге ATP


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

LG ЗАНИМАЕТ ЦЕНТРАЛЬНОЕ МЕСТО НА 37-М МЕЖДУНАРОДНОМ СИМПОЗИУМЕ И ВЫСТАВКЕ ЭЛЕКТРОМОБИЛЕЙ





Путин в России и мире
Москва

Путин утвердил закон о справедливой оплате сверхурочной работы


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко ограничил выплату дивидендов гражданам недружественных стран




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Ru24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Байден заверил Зеленского в скорых поставках новых пакетов помощи


Навальный в России и мире
Москва

Патриарх Кирилл запретил в служении священника, проводившего панихиду по Алексею Навальному



Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Александр Розенбаум

«Посмотрите на этих губастых»: Розенбаум разгромил любителей пластики



Москва

ОДКБ в полном объеме сохраняет свои обязательства перед Ереваном - генсек

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net