Treylbleyzer uchun uch milliard. Dilerlar “O‘zAvtomotors”ning yangi talabidan norozi
“O‘zavtosanoat” mamlakat avtomobil bozorida faqat o‘ziga tegishli avtosalonlarni qoldirish uchun yanvar oyidan boshlab avtosalonlarga "bosim qila boshladi". Bu haqda Toshkent¸ Sirdaryo va Andijondagi avtosalon egalari Ozodlikka bildirdi. Ularga ko‘ra¸ “O‘zAvtomotors” AJ avtosalonlarni yangi kelishuv hujjatiga imzo chekishga majburlamoqda. Ozodlikda nusxasi bo‘lgan bu kelishuv hujjatiga ko‘ra¸ avtosalon dilerlari hali sotilmagan avtomobil uchun o‘ta katta miqdordagi depozitni “O‘zAvtomotors” hisobiga o‘tkazishi shart. Читать дальше...