Kosonda hokimlik tarqatgan “hayitlik” fermer-tadbirkorlardan majburan undirildi
Qashqadaryo viloyat, Koson tumanida Qurbon hayiti munosabati bilan kam ta’minlangan oilalarga tarqatilgan oziq-ovqat mahsulotlari, parranda, quyon va chorva mollarining asosiy qismi mahalliy tadbirkor va fermerlardan majburan undirib olindi. Bu haqda Ozodlikka xabar bergan fermer va tadbirkorlarga ko‘ra, har bir fermer xo‘jaligiga yerining kattaligiga qarab mol yoki qo‘y topshirish majburiyati qo‘yilgan. Xayriyalarni tuman hokimi, prokuror va boshqa amaldor shaxslar hokimlik nomidan tarqatgan. Читать дальше...