MAJBURIY IJRO BYUROSI MUAMMOGA YECHIM TOPDI
"Qarzdorligi bo‘lmagan mahalla” tanlovining tashkiliy jarayoni ketmoqda, – deydi O‘zA muxbiri bilan suhbatda Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi xodimi Gulshoda Qurbonova. – To‘lov madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tanlovda qatnashish uchun joylardagi mahallalar tashabbus ko‘rsatayotgani ayni muddaodir.